Yurtimizda kuz-qish mavsumiga hozirlik ko‘rilmoqda. Ijtimoiy soha ob’ektlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarini mavsumga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Qadrli vatandoshlar!
Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Samarqand viloyatida davom ettirmoqda.
Prezident Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari bugun bevosita davlat rahbariga murojaat qilish, xalq bilan doimiy muloqot olib borish, odamlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida samarali hal etishning ta’sirchan mexanizmiga aylandi.
Namangan viloyatida hududlarni obod qilish, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratishga qaratilgan tizimli ishlar bajarilmoqda.
Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhining navbatdagi manzili Namangan viloyati bo‘ldi.
Toshkent viloyati Ohangaron tumani aholisi to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlangan. Tumanda 779,5 kilometr havo tarmoqlari, 252 dona transformator punkti, 17434 dona tayanch ustunlari hamda 7 dona 35-110 kV podstansiyalar mavjud.
Buxoro viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan xotin-qizlar tomonidan takroriy va uzoq muddat yechimini topmayotgan murojaatlar yuzasidan ochiq muloqot tashkil qilindi.
Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika Ishchi guruhi Andijon viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni o‘rganish va namunaviy ko‘cha, obod xonadon tizimini joylarda tashkil etish hamda aholi bilan muloqot o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Davlatimiz rahbari topshirigʻi asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining yana bir manzali Jizzax viloyati boʻldi. Guruh aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni oʻrganish va hal etish boʻyicha qator amaliy ishlar olib bormoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |