2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yangilangan maktablar ta’lim rivojlanishida katta kuchdir

Prezidentimiz joriy yil 13-mart kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida taʼmirga muhtoj, ogʻir sharoitdagi 61 ta maktabni rekonstruksiya qilib, mukammal taʼmirlash yuzasidan tegishli topshiriqlarni bergan edi.

Viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasidan olingan maʼlumotlarga koʻra, ogʻir sharoitdagi ilm maskanlarining zamonaviy qiyofada boʻy koʻrsatishi uchun tegishli chora-tadbir belgilanib, shunga asosan barcha ishlar sifatli amalga oshirilmoqda. Jumladan, yilning oʻtgan davrida ana shunday taʼlim muassasalarining oʻttizga yaqini tubdan rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Oʻqituvchi-murabbiylar va oʻquvchilar uchun zarur sharoit yaratildi.

Termiz shahridagi 16-umumtaʼlim maktabi qiyofasini tubdan oʻzgartirib, oʻquvchilarni barcha qulayliklarga ega binoda oʻz bagʻriga olgan viloyatdagi ilm dargohlaridan biri. Taʼmirtalab, jihozlari eskirgan taʼlim muassasasini tez, sifatli taʼmirlab, jihozlash uchun qariyb 4 milliard soʻm mablagʻ sarflandi. Zamonaviy soʻnggi texnologiyalar bilan taʼminlandi.

Mingdan ortiq oʻquvchi taʼlim olib, fan sirlarini chuqur oʻrganayotgan ilm maskani barchada oʻzgacha havas uygʻotmoqda.

– Bu maktabda koʻp yil direktor boʻlib ishladim, –deydi faxriy pedagog Yoʻldosh Mardanov. – U paytlarda hozirgiday sharoitlarda mehnat qilishni hayolimizga ham keltirmaganmiz. Ostonasidan qadam qoʻyishingiz bilan bahri-dilingiz ochiladi. Sinfxonalar va oʻquv laboratoriyalaridagi sharoitlarni koʻrib, yanada quvonasiz. Axir, bunday taʼlim muassasasida oʻqiydigan bolaning ota-onasida ham farzandi chuqur ilm olishiga ishonch hissi oshadi. Ustozlari ham maroq bilan saboq beradi. Keyingi yillarda mamlakatimizda taʼlimga koʻrsatilayotgan eʼtiborni koʻrib, qani edi yosh boʻlib qolsam-u, yana shu soha etagini tutib, maktabda ishlasam, degan oʻy xayolimdan kechadi. Pedagoglari eʼzozlanib, xorijnikidan qolishmaydigan taʼlim muassasalari yil sayin koʻpayib borayotganidan faxrlanaman.

Termiz tumanidagi 3-umumtaʼlim maktabi ham mazkur dastur doirasida qayta rekonstruksiya qilindi. Qoʻli gul quruvchilarning shijoatli mehnati bilan yosh avlodning taʼlim-tarbiya olishi uchun barcha qulaylik yaratilgan 1 ming 176 oʻrinli maktab Oral mahallasi qiyofasiga yangicha koʻrinish baxsh etdi. Oʻquv dargohini qayta qurib, ishga tushirish uchun 3 milliard 900 million soʻm mablagʻ sarflandi.

Davlatimiz rahbari topshiriqlari asosida rekonstruksiya qilinayotgan boshqa maktablarni ham foydalanishga topshirish uchun soʻnggi pardozlash va jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yilida Investitsiya dasturi asosida janubdagi vohada ikkita yangi maktab qurilib, 33 ta maktab tubdan rekonstruksiya qilindi. 429 ta maktab mahalliy byudjetning 11 milliard 195 million soʻm mablagʻi evaziga joriy taʼmirlandi.

23.12.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar