2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
38 nafar yoshga uy-joy berildi

Inson qadri ulug‘langan yurtimizda hech kim mehr va e’tibordan chetda emas. Davlatimiz rahbarining alohida e’tibori tufayli ota- ona qaramog‘idan erta mahrum bo‘lgan, yetim bolalarning hech kimdan kam bo‘lmay yashashi uchun shart-sharoit yaratib berilmoqda.

Qashqadaryo viloyatida ham yangi yil arafasida 38 nafar ana shunday yigit- qiz uy-joyli bo‘ldi.

Bunda davlatimiz rahbarining 2021 yil 9 avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ajratilgan uylar kalitini o‘z egalariga tantanali topshirdi.  

Muboraklik Sevinch Navro‘zova taqdirning achchiq qismati tufayli ota onasidan erta ayrilib, shu paytga qadar tog‘asi qaramog‘ida yashadi. Astoydil o‘qib- o‘rganib, Qarshi davlat universitetiga o‘qishga kirdi. Unga o‘zi yashayotgan tumandan bir xonali uy sovga qilindi.  

– Besh yoshligimda tog‘amning qaramog‘ida qolganman, – deydi Sevinch Navro‘zova. – Prezidentimizning biz kabi yoshlarga qaratayotgan e’tibori va g‘amxo‘rligidan juda mamnunmiz. Hech qachon bizni tashlab qo‘ymaydi. Yurtboshimizning  e’tibori tufayli Qarshi davlat universiteti talabasiga aylandim. Bu yilgi yangi yil men uchun qo‘shaloq bayram bo‘ladigan bo‘ldi. Endi bayramni yangi uyda nishonlaymiz. Menga uy-joy ajratilganini eshitganimda ko‘zimga quvonch yoshlari keldi. Albatta, kelgusida o‘z soham bo‘yicha yetuk kadr bo‘lib, yurtimiz kelajagi uchun munosib hissa qo‘shishga va’da beraman.  

Ma’lumot uchun: joriy yilning 30 iyun –“Yoshlar kuni” munosabati bilan ham 30 nafar yoshga uy topshirilgan edi.

26.12.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун имтиёзли кредитлар дастурлари асосида (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar