2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Har bir murojaat ortida inson taqdiri mujassam

Oxirgi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahallalarida aholini qiynab kelayotgan ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha bir qancha muammolar mavjud edi.

–Faoliyatimizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga keyingi 5 yilda 247 ming 742 murojaat, shundan og‘ir turmush sharoitidagi oilalardan uy-joy masalasida 10 ming 808 ta, yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha 5 ming 657 ta, elektr energiyasi bo‘yicha 6 ming 380 ta, ichimlik suvi masalasida 5 ming 699 ta murojaat kelib tushgan, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi mudiri Salauatdin Xudaybergenov. – Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida hukumatimizning bir qator farmon hamda qarorlari qabul qilinib, aholini qiynab kelayotgan muammolar bosqichma-bosqich ijobiy yechimini topmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 2 fevraldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish va mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Orolbo‘yidagi barcha ovul va qishloqlardagi aholi turarjoylari hamda ichki yo‘llar holati bo‘yicha o‘tkazilgan xatlovda og‘ir turmush sharoitidagi oilalarga tegishli uy-joylarning tom qismini ta’mirlash (yopish) hamda yashash uchun yaroqsiz va avariya holatidagi uy-joylarni yangidan qurish viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga biriktirildi. Bugungi kunda ushbu qaror ijrosi yuzasidan ishlar boshlanib, muhtojlarning uy-joylarini ta’mirlash va qayta qurib berish ishlari olib borilmoqda.

Masalan, Kegeyli tumani “Ishon qal’a” ovul fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi fuqaro Ahmed Abdullayev murojaatida uyining tom qismini yopib berish so‘ralgan. U Afg‘on urushi qatnashchisi, 2-guruh nogironi. Nafaqa puli kam. Mazkur qaror asosida fuqaro uy-joyining tom qismi yopib berilib, murojaati ijobiy hal etildi. Qorao‘zak tumani “Qorao‘zak” ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro Quanishbay Aymuratov 6-7 yoshida yetim qolgani, ota-onasidan qolgan uy ta’mirtalabligini bildirib, murojaat etgan. Bu masala ham nazoratga olinib, ijobiy hal qilindi. 

Mo‘ynoq tumani “Mo‘ynoq” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro Muhabbat Usenova oilasi bilan yashab kelayotgan uy-joyi ta’mirtalab ahvoldaligi sababli amaliy yordam so‘rab, Prezidentning virtual va Xalq qabulxonasiga, shuningdek, hududlarda o‘tkazilayotgan sayyor qabullarda murojaat qilib kelgan. Qaror ijrosi yuzasidan tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan fuqaroning tomsiz turar joyi, shuningdek, nochor, og‘ir holatdagi xonadonlarni ta’mirlash, avariya holatidagilarini yangidan qurish bo‘yicha ishlab chiqilgan ro‘yxatga fuqaro M.Usenovaning uy-joyi yangidan qurib berish uchun kiritilib, hozirgi kunda qurilish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, Nukus shahri “Chimboy guzari” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 2-guruh nogironligi bo‘lgan A.Bekmuratovning murojaati ham ijobiy hal etildi.

Aholini qiynab kelayotgan muammolardan biri fuqarolar tomonidan yashab turgan uy-joyga hujjat olish masalasi. Prezidentimizning shu yilgi Qoraqalpog‘istonga tashrifidan so‘ng aholi tomonidan bildirilgan fikr va takliflar asosida davlatimiz rahbarining 2023 yil 28 iyulda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Prezidentimizning ushbu farmoni asosida 43 ming 432 ta hujjati yo‘q uyning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib beriladigan bo‘ldi.

Tizimli muammolarning yana biri ichki yo‘llar, ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash masalalari hisoblanadi. Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida keyingi yillarda bir nechta Prezident va hukumat qarorlari qabul qilindi. Jumladan, respublika hududini obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yo‘llar, ichimlik suvi, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma ob’ektlarini yaxshilash, shu asosda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida Prezidentning 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, qulay biznes muhitini yaratish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va infratuzilmalar bilan ta’minlanganlik darajasini yanada yaxshilash orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi. 

Ushbu qarorlar asosida bugungi kunda hududlarda ichki yo‘l, ichimlik suvi, elektr energiyasi bo‘yicha yillar davomida yig‘ilib qolgan tizimli muammolar bartaraf etilmoqda. Masalan, Mo‘ynoq tumani “Talli o‘zak” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro Klara Kazkenova ko‘chasiga transport kirib chiqishi uchun ichki yo‘llar tartibga keltirilishi so‘ralgan. Uning murojaati bo‘yicha tuman hokimligi tomonidan ichki yo‘llar tartibga keltirilgan, lekin to‘liq yakuniga yetkazilmagan. Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd etilgan qaroriga muvofiq, fuqaro tomonidan murojaatda ko‘rsatilgan Bo‘zatov ko‘chasining 220 metrlik ichki yo‘liga qum-shag‘al aralashmasi yotqizildi. 

Chimboy tumani “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga qarashli Jaqsiliq ko‘chasida yashovchi fuqaro Bayrambay Menglibayev ichimlik suvi muammosini bildirib, ichimlik suvi tarmog‘ini tortib va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlab berishni so‘ragan murojaati Xalq qabulxonasi tomonidan nazoratga olindi. 2-sektor rahbari bilan birgalikda murojaat to‘liq o‘rganilib, 70 dan ziyod xonadonga ichimlik suvi tarmog‘i tortildi va hozirgi kunda toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. 

Taxtako‘pir tumani 4-sektor rahbari tomonidan joriy yilning 9 fevral kuni o‘tkazilgan sayyor qabulda “Dauitsay” mahalla fuqarolar yig‘ini Jiydali ko‘chasida yashovchi fuqaro Azat G‘aybullayevning murojaati tegishli tashkilotlar bilan birgalikda o‘rganilib, 1,4 kilometr yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortib berildi. 

Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga o‘tgan 2022 yilning shu davri oralig‘ida 58 ming 264 ta murojaat bo‘lgan bo‘lsa, shu yilning o‘tgan davrida murojaatlar soni 53 ming 694 ni tashkil etib, ularning soni 4 570 ga kamayishiga erishilgan. Ayniqsa, bugungi kunga kelib, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Nukus shahrida va tumanlardagi mahallalarda olib borilgan keng ko‘lamli obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari natijasida ichki yo‘llar masalasida murojaatlar keskin kamaygan. 

22.12.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar