2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Surxondaryo qabullari natijalari

Qonuniy yechimi bor masalalar joyida hal qilib berildi.

Davlatimiz rahbari topshirigʻi asosida Prezident Xalq qabulxonalari Termiz shahri, Denov va Sherobod tumanlarida sud-huquq masalalari boʻyicha tashkil qilgan ommaviy qabullarda viloyat prokuraturasi, sudlari, soliq, ichki ishlar, adliya va bojxona boshqarmalari masʼullari har bir masalani murojaatchilar ishtirokida sinchiklab koʻrib chiqdi.

Qabullar davomida kelib tushgan 385 ta masalaning 183 tasi ijobiy hal qilindi, 22 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirish va maslahat berilgan boʻlsa, 180 ta masala nazoratga olindi.

Viloyat prokuraturasiga murojaatlar asosida angorlik Sohiba Ergasheva singari 11 nafar ayolning 18 million soʻmdan ziyod aliment pullari undirib berildi.

Termiz shahri “Joʻyjangal” mahallasida yashovchi Shuhrat Joʻrayevning viloyat IIBga murojaati asosida undan “Spark”, “Neksiya-3” avtomashinalari va bitta ekskavator olib beraman deb jami 476 million soʻm olib, pullarini bermay yurgan bir shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Xuddi shunday sherobodlik Davlat Xoʻshboqov murojaati asosida uch-toʻrt yildan beri unga sotilgan chorvasi uchun jami 140,5 million soʻm mablagʻni bermay yurgan bir yoʻla uch shaxsga nisbatan ham firibgarlik holati boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Denovlik Zulfiya Tosheva murojaati asosida tumanning “Oloviddin” mahallasidagi, muzrabotlik Abdusalom Abdumoʻminov murojaatiga koʻra, “Muzrabot darvoza” mahallasidagi “Kamalak” bogʻchasi yonidagi yoʻllarga yoʻl belgilari oʻrnatilib, piyodalar oʻtish chiziqlari chizildi.

Fuqaroligi boʻlmagan 3 nafar shaxs Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi, ijtimoiy himoyaga muhtoj 4 nafar murojaatchiga fuqarolik pasporti ID pasporti olib berildi.

Termiz shahridagi “Surxon Sifat Textile” korxonasi masʼullarining viloyat soliq boshqarmasiga qoʻshimcha qiymat soligʻi boʻyicha notoʻgʻri hisoblangan 3 mlrd 600 mln soʻm ortiqcha toʻlovni qaytarish masalasidagi murojaati joyida ijobiy hal qilindi.

Bundan tashqari, Prezident virtual qabulxonasi va viloyat sudlariga avvalgi murojaatlarga koʻra berilgan taqdimnoma va iltimosnomalar asosida jinoyat ishlari boʻyicha sudlar bir qator ishlarni koʻrib chiqdi. Natijada, ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash va axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtayotgan 114 nafar jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. 4 nafar ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtayotgan mahkumlar umumiy tartibli koloniyadan manzil-koloniyasiga oʻtkazildi, 5 nafar shaxsga oid ayblov xulosasi bilan boʻlgan jinoyat ishi yarashuv asosida koʻrilib, harakatdan tugatildi; 4 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi sudlar tomonidan ochiq sud majlisida koʻrilib, ularga qoʻllanilgan qamoq ehtiyot chorasi bekor qilinib sud zalidan qamoqdan ozod qilindi.

19.12.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar