2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Bu kunlarning qadriga yetinglar, bolalarim”

Buxoro viloyati hokimi, harbiy-ma’muriy sektor rahbari Botir Zaripov Buxoro shahrining Chashmayu Ayub ko‘chasi, 9-uyda yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ahmad bobo Muhsinovga Prezident tabrigi va Yangi yil sovg‘alarini yetkazdi.

Unga sektorlar rahbarlari, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, Buxoro harbiy gornizoni mutasaddilari va jamoatchilik vakillari hamrohlik qildi.

Ushbu fayzli xonadonda kechgan suhbatda viloyat hokimi Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylari davlatimizning doimiy e’tiborida ekanini ta’kidladi. Prezidentimizning Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga yo‘llagan Yangi yil tabrigini o‘qib eshittirdi. Pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alarni topshirdi.

Ko‘ksini orden-medallar bezagan Ahmad Muhsinov ayni navqiron 19 yoshida Buxoro shahridan harbiy xizmatga, aniqrog‘i, to‘g‘ri jangu jadal kechayotgan frontga chaqirilgan.

–1947 yilgacha qirg‘inbarot janggohda, so‘ng Yevropaning turli davlatlarida armiya safida bo‘ldim, – deydi urush faxriysi Ahmad Muhsinov. –Xudoga shukur Vatanimga sog‘-omon qaytish nasib etdi. Urushdan keyingi yillarda Buxoro davlat pedagogika instituti (hozirgi Buxoro davlat universiteti) ning tarix fakultetida tahsil oldim. Bir muddat o‘rta maktabda pedagog sifatida yoshlarga saboq berdim.

Viloyat rahbari boshchiligidagi mutasaddilar Buxoro shahrining Shofirkon ko‘chasi 22-uyida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Norboy Qarshiyevni ham yo‘qlab borishdi. Yangi yil arafasida otaxon bilan samimiy suhbat qurishdi.  

–Dunyoda hech bir narsa tinchlikning o‘rnini bosa olmaydi, –deydi otaxon. –Urushning dahshatiniku aytmay qo‘ya qolay. Dastlabki jangdayoq oyog‘imdan yaralanganman. Ammo meni bu emas, yon-atrofimda quroldoshlarimning yuztuban yiqilib, hayotdan ko‘z yumgani dahshatga solgan. Bu manzara hali- hanuz tushlarimga kirib, bezovta qilib chiqadi... Yaratganga shukr, yurtimiz tinch, hayotimiz osuda. Mahallalarimiz obod. Bozorlar to‘kin. Maktabu litsey, oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan nevara- chevaralarimga doim “Bu kunlarning qadriga yetinglar, bolalarim” deyman.  

27.12.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar