Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanining “Muruvvat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Guliston qishlog‘ida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Bugun hududdagi 52 ta xonadonga obi hayot kirib bordi.
Navoiy viloyati Navbahor tumani 2-sektor hududida tuman prokurori Ibrohim Bobomurodov ishtirokida ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bilan “Sayyor uchrashuv” o‘tkazildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoiti bilan yaqindan tanishish, istiqboldagi rejalarni belgilash maqsadida 1-2 iyun kunlari Surxondaryo viloyatida bo‘ldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi islohotlar, amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari hamda avval berilgan topshiriqlar ijrosi bilan tanishish va istiqboldagi rejalarni belgilab olish maqsadida 1 iyun kuni Surxondaryo viloyatiga keldi.
“Obod qishloq” Davlat dasturi amalda
“Obod qishloq” Davlat dasturi amalda
Prezident Xalq qabulxonalari Navoiy viloyatining Zarafshon shahri, Qiziltepa, Navbahor va Karmana tumanlarida sud-huquq masalalari bo‘yicha tashkil qilgan ommaviy qabullar ham adolatni qaror toptirishdek chin insonparvarlik amallariga boy bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tashabbusi bilan Navoiy viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Islomov rahbarligidagi Ishchi guruh tomonidan Navoiy viloyatida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabullar o‘tkazildi.
Sirdaryo viloyati Yangiyer tumanida tashkil etilgan “Hokim, vazir va yoshlar uchrashuvi”da shahar hokimi I.Xo‘jayev, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari-transport turizm departamenti boshlig‘i general-mayyor B.Mirzaraximov, viloyat milliy gvardiyasi, viloyat ichki ishlar boshqarmalari, mutasaddi tashkilotlarning rahbarlari va yoshlar ishtirok etdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |