Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Doimo e’tibor va e’zozda

Buxoroda Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida turli millat vakillaridan iborat kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar, yakka yolg‘iz keksa avlod vakillari, faxriylar holidan xabar olindi.

Mas’ullar rus millatiga mansub Buxoro shahrida yashovchi 64 yoshli fuqaro Nadejda Gaydar xonadonida bo‘lib, holidan xabar oldi. Bir umr maktabda o‘qituvchilik qilib yosh avlodga tarbiya berib kelgan onaxon, kasallik sabab besh oydirki to‘shakda yotib qoldi. Nafaqada bo‘lishiga qaramay rus milliy mdaniy markazi rahbarining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Nadejda opaga aravacha hamda 15 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berildi.  

– Juda xursand bo‘ldim, – deydi Nadejda Gaydar. – Shunday yaxshi kunlarda meni so‘roqlab kelganlarga va davlat rahbariga o‘zimning minnatdorchiligimni bildiraman.  

Buxoro shahridagi Sherbudin ko‘chasida yashovchi turk millatiga mansub Niyaz Basalov bolaligidan tug‘ma nogiron. Otasining vafotidan so‘ng, Niyaz bobosi va buvisi bilan yashaydi. “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida mas’ullar Niyaz Basalovning ham holidan xabar olishdi. Unga 15 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari berildi.  

Viloyat hokimligi mas’ullari, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi viloyat vakilligi, viloyatda faoliyat olib borayotgan noislomiy tashkilot, milliy madaniy markaz vakillari rus millatiga mansub Buxoro shahrida yashovchi Raisa Berdiyev xonadonida ham bo‘ldi. Uning yashash sharoitni o‘rgandi. Kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va kerakli vositalar tarqatildi.

– 4 yoshimda onam bilan Germaniyaning konslagerida bo‘ldik, – deydi Raisa Berdiyev. – 4 yildan  so‘ng konslageridan chiqib, taqdir taqozosi bilan O‘zbekistonga keldim. Bu mehmondo‘st, mehribon yurt meni quchog‘iga oldi. Shu yerda o‘zbek millatiga mansub yigitga turmushga chiqdim. 2 nafar farzandli bo‘ldim. Bolalar bog‘chasida ishladim. Shu yurtda yashayotganimdan xursandman. Doimo e’tibor va e’zozdaman.

“Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida 20 ga yaqin xonadonda yashovchi turli millat vakillaridan iborat kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar, yakka yolg‘iz keksa avlod vakillari, faxriylar holidan xabar olindi. Kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va kerakli vositalar tarqatilmoqda. Ular tomonidan mavjud tomorqa va yer maydonlariga turli mevali daraxtlar va archa ko‘chatlari ekilayapti.  

Bunday tadbirlar viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.  

22.11.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar