Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Sayyor qabul: aholi muammolarining yechim manzili

Buxoro viloyati 4-sektor ishchi guruhi tomonidan Qorovulbozor tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Tuman sektor rahbarlari, xalq qabulxonasi, bank, tuman bandlikka ko‘maklashish markazi vakillari ishtirok etgan sayyor qabulda fuqarolar o‘z murojaatlarini bildirdi.

Sayyor qabul jarayonida 10 nafar talaba yoshga «Talabaga madad» loyihasiga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kontrakt to‘lovlarini to‘lab berish uchun sertifikatlar topshirildi.

– Buxoro davlat universitetining Psixologiya fakulteti 3-bosqich talabasiman, – deydi Shamshod Bozorov. – 4-sektor tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabulga kelib yanglishmagan ekanman. Sababi, kontrakt pullarimni to‘lashga qiynalayotgan edim. Bugun menga ham boshqalar qatori sertifikat berildi. Bundan tashqari, universitetdagi darslarim tushlikdan keyin boshlanishini inobatga olib tushlik vaqtigacha ishlash istagim borligini aytdim. Ishchi guruhi tomonidan ushbu murojaatim ham o‘rganilib tez kunlarda bandligim ta’minlanishini bildirishdi.

Sayyor qabulda yana bir fuqaro o‘g‘lini to‘y qilayotgani hamda ushbu to‘yni o‘tkazishda sektor ishchi guruhidan amaliy yordam berishlarini so‘rab murojaat qildi. Uning murojaati ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

Bundan tashqari, 2 nafar fuqaro ish so‘rab hamda 1 nafar fuqaro kontrakt to‘lovlarini to‘lab berishlariga amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Murojaatlari ishchi guruhi bilan hal etiladigan bo‘ldi.

Bu kabi sayyor qabullardan ko‘zlangan maqsad, chekka hududlardagi aholining og‘irini yengil qilib ularning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirishdan iboratdir.

23.11.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar