
Qo‘qon tibbiyot kolleji hamshiralik yo‘nalishining ikkinchi bosqich talabasi Gulsanam Hojimatova og‘ir ijtimoiy holatga tushib qolib, ta’lim kontraktini to‘la olmay qoldi.
Sektor rahbarlarining sayyor qabulida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov tomonidan ushbu murojaat ijobiy hal etilib, 4 oylik chaqaloq tarbiya qilayotgan ona-talabaga homiylik qilindi.
Sektorlar rahbarlari, Prezident Xalq qabulxonasi, Bosh vazir qabulxonasi mutasaddilari, boshqa mas’ul rahbarlar ishtirokida o‘tkazilgan qabulda tibbiyot sohasidagi murojatlar ham eng ko‘p ko‘tarilgan masalalardan biri bo‘ldi.
Xususan, "Ayollar daftari"da turadigan Erkinoy Qambarovaning shahar hokimiga qilgan murojaati ijobiy hal etilib endoprotez uchun 26 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Qabulda shuningdek gaz, elektr, suv ta’minoti, kommunal idoralardan bo‘lgan qarzdorlikni bo‘lib-bo‘lib to‘lash kabi masalalarni ham joyida hal etish chorlari ko‘rildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |