2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sudyalar oliy kengashidan yana bir tashabbus: ayol sudyalar mahkumalar huzuriga bordi

Sudyalar oliy kengashi tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar doirasida Zangiota tumanidagi xotin-qizlarga mo‘ljallangan jazoni ijro etish muassasasida ochiq muloqot va sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Qayd etildiki, to‘rt yil burun mazkur muassasada uch yarim mingdan ziyod mahkuma jazo muddatini o‘tayotgan bo‘lsa, bugunga kelib bu raqam yetti yuztaga yetmaydi.

Mahkumalar sonining keskin kamayishi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan insonparvarlik, kechirimlilik kabi azaliy qadriyatlarga borib taqaladi. Chunki, o‘tgan qisqa davrda insonparvarlik nuqtai nazaridan yuzlab mahkumalar muddatidan avval jazodan ozod qilindi.

Shuningdek, tayinlangan jazolar boshqasiga yoki shartliga almashtirilishi natijasida yana qanchasi oilalari bag‘riga qaytdi.  Bundan tashqari  inson qonuniy haq-huquqini so‘zsiz ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish,  jinoyat sodir etganlarni to‘g‘ri yo‘lga solish va ularning ijtimoiy reabilitatsiyasi borasida amalga oshirilgan ishlar natijasi ham  yuqorida qayd etilgan raqamda mujassamdir.

Ochiq muloqotda  mamlakat miqyosida olib borilayotgan ishlar qayd etilib, islohotlar mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, jazodan maqsad tarbiya ekani, kuni kelib ozodlikka chiqqanlar jamiyatga begona bo‘lmasligi, buning uchun xatodan to‘g‘ri xulosa chiqarib, to‘g‘ri yo‘lni tanlamoq lozim ekani ta’kidlandi.

– Ochiq muloqotga Toshkent viloyat sudlarida faoliyat ko‘rsatayotgan ayol sudyalarning taklif etilgani Kengash tashabbusi bo‘lib, tizimda korrupsiyaning barvaqt oldini olishga qaratilgan tadbirlardan biridir, – dedi Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarov. – Zero, aksariyat jinoyatlar zamirida nafs omili yotadi. Birni ko‘rib fikr, birni qo‘rib shukur qilmoq uchun ham tadbirga  ayol sudyalar taklif etildi. Va ular tomonidan mahkumalarga kitob  sovg‘a qilindi.

Bo‘lib o‘tgan sayyor sud majlisida esa 15 nafar mahkumaning iltimosnomasi ko‘rib chiqilib, tayinlangan jazolarni yengilrog‘iga almashtirish haqida tegishli sud hujjatlari qabul qilindi.

 

26.11.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar