Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Xalq qabulxonasi: aholi murojaati doimo e’tiborda

Buxoro shahar Xalq qabulxonasiga joriy yilning o‘tgan davrida 2 ming 85 ta murojaat qabul qilingan.

  – Murojaatlardan 1 ming 205 tasi qanoatlantirilgan,  – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri Azamat Bekmurodov. – Shundan 985 ta murojaat ijobiy yechimini topgan.  220 ta murojaat yuzasidan xuquqiy maslahat va ma’lumot berish orqali hal qilingan. 30 ta murojaat rad qilingan. 1 ta murojaat tugatilgan.  50 ta murojaat yuzasidan tushuntirishlar berilgan.

       Mazkur murojaatlar tasnifi buyicha tahlil kilinganda 126 ta uy-joy, yer bilan ta’minlash, 95 ta ish bilan ta’minlash, 55 ta aliment, 24 ta sog‘likni saqlash, 167 ta gaz, elektr, suv, issiqlik, 54 ta pensiya va nafaqa 672 ta boshqa xizmat sohasidagi masalalar tashkil qiladi.

–“ADB NEXT ”   korxonasida   ishlayman, – deydi Buxoro shahridan yashovchi fuqaro Nigora Avezova.  – Ushbu korxona tomonidan ishlagan  oylarim uchun ish haqi  pullarim to‘lanmagan edi. Bu borada shahar Xalq  qabulxonasiga  murojaat qildim. Murojatim ijobiy hal qilindi.

–Xuddi shunday ariza bilan Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasi 7/8 uy 76 xonadonda yashovchi  fuqaro Muxayyo Tashova hamda bir guruh xotin-qizlar murojaat qilgan, – deydi qabulxona mutaxassisi Mirjon Toshev. – Qabulxona mutaxassislarining aralashuvi natijasida fuqarolarning ish haqi to‘lanib berildi.  

Xalq qabulxonasi tomonidan Buxoro shahrining  Zargaron ko‘chasi 7-uyda yashovchi Zulfiya Ibodova hamda X.Arbob ko‘chasi 12-uyda yashovchi Raxima Muinovaning murojaati o‘z vaqtida yechim topdi. Gap shundaki, yuqorida nomlari keltirilgan fuqarolar ancha yillar davomida nogironliklari sabab to‘shakda mixlanib qolishgandi. Mutasaddilar ularning murojaatini o‘rganib ularga  nogironlik aravachasi tuhfa etdi.

Joriy yilning o‘tgan davrida Buxoro shahar Xalq qabulxonasi tomonidan korxona va tashkilotlarga jami 29 ta takdimnoma kiritilgan. Natijada 2 nafar mas’ul xodimlar vazifasidan ozod etilgan. 4 nafar mas’ullarga “Hayfsan” intizomiy chorasi qo‘llanilib, 15 nafar xodimlar rasman ogohlantirilgan.  

29.11.2021

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar