Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Buxoro muhandislik-texnologiya institutida bo‘lib, o‘quv ilmiy laboratoriyalari faoliyati, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Andijon shahrida “Yoshlar oyligi” doirasida ishsiz yoshlar hamda ishlash istagidagi fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan Prezident maslahatchisi o‘rinbosari – Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligida Respublika ishchi guruhi Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘z ishini boshladi.
Do‘stlik tumanidagi Madaniyat saroyi binosida Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning sud-huquq sohasidagi murojaatlarini tinglash, o‘rganish, zarur huquqiy tushuntirishlar berish maqsadida Jizzax viloyat sudlari tomonidan Do‘stlik, Mirzacho‘l hamda Arnasoy tumanlari aholisi uchun ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.
Mahalla va xonadonlarda tinchlik-osoyishtalik, do‘stlik va ahillik muhitini mustahkamlash, keksalar, yoshlar va xotin-qizlar, kam ta’minlangan oilalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida Prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi a’zolari Toshkent viloyatida aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.
Xalq bilan muloqot qilish, fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlarini o‘rganish va ularga zarur huquqiy tushuntirishlar berish maqsadida Xorazm viloyat sudi raisi Shuhrat Kamolov, viloyat ma’muriy sudi raisi Jamila Sultonova va sudyalar ishtirokidagi navbatdagi sayyor qabul Xiva shahrida o‘tkazildi.
Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi hamda sayyor qabul o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida sayyor qabul o‘tkazildi.
Prezidentimizning joriy yil 24 maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmoni adliya organlari xodimlarining bu boradagi faoliyat yo‘nalishlarini yanada kengaytirdi, ularning zimmasiga qo‘shimcha vazifalar yukladi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлиги | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалалар | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалалар | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |