2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Nukus garnizonida sayyor qabul va mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi hamda sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbir Nukus harbiy prokuraturasi tomonidan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘mondonligi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mudofaa ishlari boshqarmasi va uning shahar hamda tuman  bo‘limlarining hisobida turgan 2024 yilda muddatli harbiy xizmatni o‘tab, Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatilgan yoshlar hamda huquqni muhofaza etuvchi organlar va kuch tuzilmalari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar, shuningdek, harbiy xizmatchilar oila a’zolarining bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

Mamlakatimizda 10 iyun sanasidan joriy etilgan “Yoshlar oyligi” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda 2024 yilda muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan 375 nafar hamda 110 nafar otaliqqa olingan yoshning ishtiroki ta’minlandi. Binobarin, yoshlar bilan ishlash har vaqt davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan bo‘lib kelgan. Xususan, bugungi kunda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi –yoshlarning huquq-tartibot organlari va kuch tuzilmalari tomonidan otaliqqa olinishi va ular bilan manzilli ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy shtablarning tashkil etilishi bu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarning amaliy ifodasini namoyon etmoqda.

O‘sib kelayotgan yosh avlod vakillari, harbiy xizmatchilar va ular oila a’zolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda yordam ko‘rsatish, muammolarni o‘rganish, bir so‘z bilan aytganda, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, general-mayor  Farhodjon Shermatov hamda Nukus harbiy prokurori adliya polkovnigi Ulug‘bek Abdurahimov so‘zga chiqib, bugungi kunda davlatimiz tomonidan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, eng avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerakligi, xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerakligi, xotin-qizlar huquqlarini ximoya qilish va ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, yosh avlod vakillariga katta hayotda o‘z o‘rnini egallashi uchun ko‘mak berish mamlakatimiz va jamiyatimiz taraqqiyotining muhim omili ekanligi ta’kidlandi.  

Sayyor qabul doirasida Nukus harbiy prokuraturasi, harbiy okrug, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar hamda Milliy gvardiya boshqarmalari vakillari tomonidan ishtirokchilarning murojaatlari tinglandi.  

Uchrashuv doirasida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 7 ta tumandan 430 dan ziyod korxona va tashkilot bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘alikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi xodimlari, tadbirkorlar tomonidan yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, bandligi bo‘yicha yakka tartibda suhbat o‘tkazildi. Muhimi, doimiy ish joyi bilan band bo‘lishi uchun taklif va tavsiyalar berildi.

Yarmarkada 3 nafar yoshga Milliy gvardiyaga kontrakt asosida harbiy xizmatga, 18 nafar yoshga Monomarkazda tahsil olish va 16 nafariga "Enter injiniring" korxonasiga ishlash uchun yo‘llanmalar berildi.

Tadbir yakunida yoshlar uchun Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug tarixi muzeyiga sayohat tashkil etildi.

14.06.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati
Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслигиВеб-сайт3 Aprel 202424 Iyun 2024Toshkent viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишИшонч телефони11 Mart 202422 Iyun 2024Toshkent viloyati
Тадбиркорлик фаолиятини ривожлантириш учун кредитИшонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Кадастр ҳужжатларини расмийлаштиришИшонч телефони21 May 202429 May 2024Sirdaryo viloyati
Суғурта товонини қоплашИшонч телефони20 Iyun 202421 Iyun 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
ПиллачиликИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Турар жой объектларининг вақтида фойдаланишга топширилмаслигиИшонч телефони4 Iyul 202416 Iyul 2024Navoiy viloyati
Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслигиИшонч телефони24 Iyul 202410 Avgust 2024Sirdaryo viloyati
Савдода истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишИшонч телефони8 Avgust 202420 Avgust 2024Toshkent viloyati
Тадбиркорлик субъектлари томонидан иш ҳақи берилмаётганлигиИшонч телефони20 Avgust 202430 Avgust 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Янги МТТ қуришИшонч телефони23 Avgust 202428 Avgust 2024Toshkent shahri
Светофор, радар ва йўл белгиларини ўрнатиш, пиёдалар ўтиш йўлини чизишИшонч телефони31 Avgust 202410 Sentabr 2024Xorazm viloyati

Foydali resurslar