
Mahalla va xonadonlarda tinchlik-osoyishtalik, do‘stlik va ahillik muhitini mustahkamlash, keksalar, yoshlar va xotin-qizlar, kam ta’minlangan oilalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida Prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi a’zolari Toshkent viloyatida aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi.
Xususan, «og‘ir hudud» ro‘yxatida turgan Bekobod shahri va Bekobod tumani mahallalarida o‘tkazilgan suhbatlar davomida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida ezgulik, mehr-muruvvat, saxovat va olijanoblik g‘oyalari mujassam ekanligi ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbarining hech kimni mehr va e’tibordan chetda qoldirmaslikka qaratilgan ezgu ishlari muqaddas dinimiz va uning insonparvarlik mohiyatini o‘zida yaqqol ifoda etishi fayzli bayramda ibrat maktabi, kuch-g‘ayrat manbai bo‘lib xizmat qilayotganligiga e’tibor qaratildi. Ana shunday ezgu niyatlarda Bekobod tumani «Ziyoli» MFYda uyma-uy yurilib, ehtiyojmand oilalardan xabar olindi, kerakli amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Xususan, aholidan kelib tushgan murojaatlar asosida Prezidentimiz sovg‘asi sifatida ehtiyojmand oilalarga qoramol, o‘z tadbirkorligini yanada kengaytirib, mahallada 20 ta qo‘shimcha ish o‘rnini yaratmoqchi bo‘lganlarga yangi «Labo» avtomashinasi topshirildi. Bundan tashqari, mahalla yoshlari uchun chet tillariga ixtisoslashgan yangi kutubxona qurilishi, ayrim sabablar tufayli bitmay qolgan ichki yo‘llarning ta’miri hamda qator obodonlashtirish ishlari tez kunlarda o‘z nihoyasiga yetadigan bo‘ldi.
O‘rganishlar nihoyasida Respublika ishchi guruhi sektor rahbarlari nuroniylar, «mahalla yettiligi» vakillari hamda jamoatchilik faollari bilan suhbatlar o‘tkazib, «xonadonbay» ishlash, mahallalar imkoniyatidan kelib chiqib yangi ish o‘rinlarini yaratish, tomorqalardan unumli foydalanish kabi qator masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berib, ijrosi nazoratga olindi.
Respublika ishchi guruhi faoliyati hududlarda davom etmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |