
Xalq bilan muloqot qilish, fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlarini o‘rganish va ularga zarur huquqiy tushuntirishlar berish maqsadida Xorazm viloyat sudi raisi Shuhrat Kamolov, viloyat ma’muriy sudi raisi Jamila Sultonova va sudyalar ishtirokidagi navbatdagi sayyor qabul Xiva shahrida o‘tkazildi.
Dastlab aholini qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirish hamda hududda sodir etilgan jinoyatlarni muhokama qilish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda viloyat sudlari raislari, tuman prokuraturasi, IIB vakillari tomonidan ushbu hududda yashovchi fuqarolar sodir etgan jinoyatlar sud hukmlari asosida tahlil etildi, jamoatchilik vakillarining e’tibori jinoyat kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillarga qaratilib, jinoyatchilikning salbiy oqibatlari va jazo muqarrar ekanligi aniq misollar bilan tushuntirildi.
So‘ng sud raislarining qabul jarayonida jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy masalalar yuzasidan fuqarolarning 20 ga yaqin murojaati ko‘rib chiqildi. Shundan qonunga muvofiq keladiganlari ijobiy hal qilindi, qolganlariga huquqiy maslahatlar berildi.
Murojaatchilarning muammoli masalalari o‘rganilib, fuqarolarga sudga da’vo arizasini berish, sud qarorlariga nisbatan shikoyat keltirish hamda muammosi yuzasidan aynan qaysi organga murojaat etishi lozimligi tushuntirildi.
Qabulda murojaatlar ko‘proq uy-joy nizolari, sud qarorlarining ijrosi, aliment tayinlash va buzilgan noturar bino uchun kompensatsiya undirish kabi masalalar bo‘yicha bo‘ldi.
Bu kabi sayyor qabullar fuqarolarning sohaga doir murojaatlarini o‘rganish, tahlil qilish va kelgusida sudlar tomonidan shu yo‘nalishda tizimli ishlarni olib borishga e’tibor qaratilishi bilan ham ahamiyatlidir.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |