Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Adolatga ishonch – ertangi kunga ishonchdir

Do‘stlik tumanidagi Madaniyat saroyi binosida Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning sud-huquq sohasidagi murojaatlarini tinglash, o‘rganish, zarur huquqiy tushuntirishlar berish maqsadida Jizzax viloyat sudlari tomonidan Do‘stlik, Mirzacho‘l hamda Arnasoy tumanlari aholisi uchun ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Jizzax viloyatidagi Prezident Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan sayyor qabulda viloyat sudlari, sektorlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etdi.  

– Bu kabi sayyor qabullar eng avvalo inson manfaatlari uchun xizmat qilayotganini amalda namoyon etish, adolatli sud tamoyilini fuqarolarimiz to‘la-to‘kis his etishlarini ta’minlashga qaratilgan, – deydi Jizzax viloyati sudi raisi Akram Shukurov.  – Aholi bilan muloqot, ularning dardu tashvishi bilan yashash, bu muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish, ularning adolat tantana qilishiga bo‘lgan ishonchini hosil qilish eng asosiy maqsad bo‘lib, uning ro‘yobi yurtimizni yanada gullab-yashnashiga, fuqarolarning farovon hayot kechirishlari, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilishi shart va zarur. Bu har bir rahbarning asosiy maqsadi va burchi bo‘lmog‘i lozim.

O‘tkazilgan sayyor qabulda viloyat sudlari raislari hamda o‘rinbosarlari tomonidan  fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Bunday sayyor qabullar fuqarolarning sohaga doir murojaatlarini o‘rganish, tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, sudlar tomonidan shu yo‘nalishda tizimli ishlarni olib borish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

18.06.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar