Toshkent viloyati Toshkent tumanining baʼzi hududlarida toza ichimlik suv muammosi aholini yillar davomida qiynab kelmoqda. Shu sababli, u olis hududlarga grafik asosida yoki maxsus avtoulovlarda yetkazib beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari N.Abdullaxonov Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash viloyat boshqarmasi birinchi oʻrinbosari I.Qoʻchqorova hamrohligida aholining bugungi turmush tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlari, mavjud muammolarni oʻrganish maqsadida Namangan viloyatining eng chekka qishlogʻi – Chodakda boʻldi.
Sirdaryo viloyatida roʻy bergan texnogen falokat – “Sardoba” suv ombori toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun Mirzaobod tumaniga Andijon viloyatidan tashrif buyurgan mingdan ortiq muhandis va mutaxassislar bunyodkorlik ishlarida faol ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari 5-6-iyun kunlari Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida viloyat faollari bilan boʻlib oʻtgan yigʻilishda chegaradosh hudud boʻlgan Soʻx tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratdi.
Avval xabar qilinganidek, Jizzax viloyatida aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar koʻrish maqsadida joriy yilning 4-6-iyun kunlari Prezident Administratsiyasi, vazirlik va idoralar, viloyat hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirokida ommaviy sayyor qabullar tashkil etildi.
“Yoshlar oyligi” doirasida Toshkent viloyatida ham qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar, jumladan, 6 ta yoʻnalish boʻyicha 30 dan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda.
Bu haqda viloyat “Yoshlar markazi”da boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Bugungi koronavirus pandemiyasi sharoitida joylarda aholi bandligi va daromadlarini ta’minlash har qanday darajadagi mutasaddilar oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib turibdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, respublika markaziy idora va muassasalari masʼullari tomonidan Jizzax viloyatida ommaviy sayyor qabullar oʻtkazilayotir.
Karantin kunlarida ham aholi murojaatlari bilan ishlash, eng kichik masaladan tortib, hududlar obodligi, odamlarning farovon hayoti uchun xizmat qiladigan katta muammolargacha hal qilish choralari koʻrilmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлиги | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалалар | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалалар | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |