2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xayriya karvoni Soʻxga joʻnab ketdi

Davlatimiz rahbari 5-6-iyun kunlari Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida viloyat faollari bilan boʻlib oʻtgan yigʻilishda chegaradosh hudud boʻlgan Soʻx tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratdi.

Darhaqiqat, bugungi kunda tumandagi mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi turmush darajasini yana-da yaxshilash borasida dastur ishlab chiqildi. 2020-2022-yillarda Soʻx tumanini kompleks rivojlantirishga 500 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirish koʻzda tutilgan. Albatta, bu kabi saʼy-harakatlar soʻxliklarga boʻlgan eʼtiborning yana bir amaliy ifodasi boʻldi.

 

Prezidentimizning topshirigʻi asosida tizimli ravishda chegaradosh hududlarda istiqomat qiluvchi aholiga har tomonlama koʻmak koʻrsatib kelinayotgani yurtimizda inson qadri doimo ulugʻ ekanligidan dalolatdir. Ayniqsa, pandemiya sharoitida ishsiz va yordamga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash yana-da muhim.

 

Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan navbatdagi xayrli ishga qoʻl urildi. Soʻx tumaniga oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqa koʻplab aholi kundalik hayoti uchun zarur boʻlgan buyumlar ortilgan xayriya karvoni yoʻlga chiqdi. Xususan, “Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati 16 ta transformator, 80 dona beton ustunlar, 70 kilometrdan ortiq elektr uzatish kabellari kabi 2 milliard 251 million soʻmlikdan ortiq jihozlarni tuman aholisi uchun taqdim qildi. “Hududgaz Fargʻona” masʼuliyati cheklangan jamiyati esa 11 ta maxsus mashinada suyultirilgan gaz ballonlarini, Oʻzbekiston tumanidagi “Beruniy” mahalla fuqarolar yigʻini ahli esa 5 tonna un mahsulotini soʻxliklarga beminnat yordam sifatida yubordi. Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan zamonaviy tibbiyot jihozlari ajratildi. Bu kabi ezgu amallarni qoʻllab-quvvatlab, xayr-saxovat koʻrsatgan tadbirkor va tashkilotlar soni anchagina.

 

– Soʻx tumanida bugungi kunda mingdan ziyod yoshlar sport bilan muntazam shugʻullanib kelmoqda, – deydi viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi Murodjon Dadaboyev. – Tuman yoshlariga 600 million soʻmlikdan ortiq 20 turdagi sport jihozlari tuhfa qilyapmiz. Albatta, bu umidli sportchilarni kashf etish, yosh avlodni sportga oshno etish va sogʻlomlashtirishda katta oʻrin egallaydi. Shuningdek, bugun biz soʻxlik yoshlar ishtirokida sport musobaqalarini ham tashkil qilamiz.

 

Shuningdek, viloyatdagi bozorlar tomonidan Soʻx tumanida arzonlashtirilgan mahsulotlar savdosi yoʻlga qoʻyilmoqda.

09.06.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati

Foydali resurslar