
Toshkent viloyati Toshkent tumanining baʼzi hududlarida toza ichimlik suv muammosi aholini yillar davomida qiynab kelmoqda. Shu sababli, u olis hududlarga grafik asosida yoki maxsus avtoulovlarda yetkazib beriladi.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 3-martdagi “Toshkent viloyati shahar va tumanlarining ichimlik suvi taʼminoti tizimlarini rekonstruksiya qilish” (1-bosqich) loyihasini Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida muammoni hal etish koʻzda tutilgan.
Loyiha doirasida Qibray, Toshkent va Zangiota tumanlari hududlarining bir qismini markazlashgan ichimlik suv bilan taʼminlashni yana-da yaxshilash maqsadida “Qodiriya” suv tozalash va taʼminlash inshootidan Zangiota tumanidagi 3-sonli suv taqsimlash inshootigacha magistral tarmoqni barpo etish ishlari boshlangan. Kelgusida yana 18 ta inshootda taʼmirlash tadbirlarini amalga oshirish, 423 km magistral suv quvurlari va tarmoqlari qurilishi rejalashtirilgan.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlumotlariga koʻra, hozirgi kunda “Qibray – Toshkent – Zangiota” tumanlari aholisini ichimlik suv bilan taʼminlaydigan qator inshootlar, ochiq va yopiq suv havzalari bunyod etilmoqda. Ushbu xayrli ishlarning vaqtida bajarilishini nazorat qilish yuzasidan monitoring olib borilyapti.
Quvonarlisi, loyiha amalga oshirilishi natijasida hududdagi 265 ming fuqaro, yaʼni 58 ta qishloq aholi punktida ichimlik suv taʼminoti yaxshilanadi va aholining obi-hayotga boʻlgan taʼminoti 60 foizdan 92 foizga yetkaziladi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |