2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Jizzaxda 126 ta yosh oila uy bilan taʼminlanadi

Bu haqda viloyat “Yoshlar markazi”da boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Matbuot anjumanida viloyat hokimi oʻrinbosari Botir Toʻxtamishev va Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Dilmurod Xudoyshukurov “Yoshlar oyiligi” doirasida amalga oshiriladigan loyihalar va tadbirlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi. Brifingda barcha tadbirlar karantin talablariga qatʼiy rioya qilgan holda oʻtkazilishi alohida taʼkidlandi.

 

Oylik davomida har bir tuman va shaharda “Saxovat va koʻmak” xayriya aksiyasi oʻtkazilib, yolgʻiz qariyalar uyini taʼmirlab berish, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish va ularning xonadonlarini taʼmirlashda koʻmaklashish rejalashtirilayotir.

 

Shuningdek, oylik doirasida “Ekologik muammolar” mavzusida ijtimoiy aksiyalar videoroliklari, koronavirus pandemiyasi mavzusida “Mening qahramonim mavzusida“ rasmlar tanlovlari, “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda yosh xotin-qizlarning innovatsion gʻoya va tashabbuslari” mavzuida ilmiy-amaliy onlayn konferensiya oʻtkaziladi. “5 tashabbus uyda”, “General va yoshlar” , “Koronavirus va yoshlar” onlayn uchrashuvlari, “5 tashabbus uyda”kitoblar taqdimotini, “Zamonaviy kasblar” mavzusida onlayn master klasslar, “Biznesni boshqarishda muvaffaqiyat va magʻlubiyat omillari” mavzusida onlayn vebinar tashkil etiladi.

 

“Yozni ”Kamalak“ bilan” loyihasi doirasida yozgi taʼtilni Jizzaxdagi oromgohlarda oʻtkazayotgan sardobalik bolalar uchun koʻngilochar va badiiy dasturlar va loyihalar oʻtkazish nazarda tutilgan.

 

Onlayn tarzda oʻtkazilayotgan oylik doirasidagi tadbirlar yoshlarning qiziqish va intilishi hisobga olinib, qiziqarli va mazmunli tashkil etish uchun puxta tayyorgarlik koʻrilgani maʼlum qilindi.

06.06.2020

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Қимматли қоғозлар бўйича дивидендларIshonch telefoni7 Sentabr 201916 Sentabr 2019Qashqadaryo viloyati
Уй-жой билан таъминлашXalq qabulxonasi10 Avgust 201917 Sentabr 2019Toshkent viloyati

Foydali resurslar