
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari N.Abdullaxonov Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash viloyat boshqarmasi birinchi oʻrinbosari I.Qoʻchqorova hamrohligida aholining bugungi turmush tarzi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlari, mavjud muammolarni oʻrganish maqsadida Namangan viloyatining eng chekka qishlogʻi – Chodakda boʻldi.
Chodak Pop tumani markazidan 50 kilometr masofada, togʻlar orasida joylashgan qishloq. Senator ushbu hududda tumanning 4-sektor masʼullari tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Qishloqda toʻrt yuzdan ziyod ijtimoiy himoyaga muhtoj oila mavjud boʻlib, ularni kambagʻallikdan chiqarish maqsadida ish bilan taʼminlash, oilaviy daromadini oshirish choralari koʻrib borilmoqda. Jumladan, Oʻrta Xonobod mahallasi hududida foydalanilmay turgan yer maydonida 100 ta bir sotixli issiqxona tashkil qilinib, ishsiz oilalarga taqsimlab berildi va kooperatsiyaga birlashtirildi.
Bundan tashqari, “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Manzilli roʻyxat asosida tuzilgan “Temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand xonadonlar holidan xabar olindi.
Oʻrganish yakuni boʻyicha muloqotda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan sektor masʼullari, mahalla faollari bilan bamaslahat chora-tadbirlar belgilab olindi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |