Og‘ir hayotiy sharoitga tushgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning farzandlarini ijtimoiy asrash va ayollarning xavfsiz muhitda hayotini davom ettirishiga imkon yaratish yo‘lida davlat tomonidan muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Isitish mavsumida yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari yuzasidan o‘tkazilgan brifingda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Dilfuzabegim Ro‘zmetova amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Qarshi shahrida yashovchi Feruza Samayeva ayni paytda 36 yoshda, yolg‘iz ona, shu birga poytaxtda pedagogika yo‘nalishida 3-bosqichda sirtqi bo‘limda ta’lim olmoqda.
Poytaxtimizda Toshkent shahar hokimligi va qator mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Sultonova rahbarligida bo‘lib o‘tgan qabul davomida jami 15 nafarga yaqin fuqaroning muammolari tinglandi.
Qo‘shrabotlik Zarif Qayumovga boshqa mahallada yashash manzili ko‘rsatilgan holda soliq qarzdorligini to‘lash haqida hujjat keldi. Z. Qayumov bu muammoning yechimini izlab Samarqand viloyat sudi rahbariyatining Qo‘shrabot tumanida tashkil etilgan sayyor qabuliga keldi. Viloyat sudi raisi qabulida murojaatini bayon qilib, hujjatlarini taqdim qildi.
Xorazm viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov fuqarolar muammolarini o‘rganish, ularning turmush tarzini yaxshilash maqsadida Shovot tumanida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.
Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi Jomiy va Bunyodkor mahallalari aholisi uchun viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning sayyor qabuli o‘tkazdi. Unda viloyatning bank-moliya muassasalari mas’ullari, tegishli boshqarma va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Hozir mazkur hududlarda 2,5 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov bir guruh fuqarolar bilan muloqot qilib, ular ko‘targan muammolarni tingladi. Aholining murojaati masalani joyida hal etishni talab qilar edi.
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani “Bo‘zachi” mahalla fuqarolar yig‘inida 790 ta xonadonda 3282 nafar aholi istiqomat qiladi.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov Uychi tumanining Hojiobod mahallasida kuz-qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлиги | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Веб-сайт | 3 Aprel 2024 | 24 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |