Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Zarbdorliklarning taklif va dolzarb muammolari tinglandi

Sirdaryo viloyatining Guliston tumanidagi Zarbdor mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda tuman hokimi vazifasini bajaruvchi Olimjon Jo‘rayev, mahalla yettiligi, mas’ul davlat idoralari va mahalla aholisi ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida hokim aholini qiynab kelayotgan bir qator muammolarni bevosita joyida, ochiq va oshkora muhitda tingladi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat batafsil o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Xususan, Zarbdor mahallasi G‘alaba ko‘chasida istiqomat qiluvchi Maqsad Mamanazarova sog‘lig‘ini tiklash hamda tibbiy muassasada davolanish uchun moddiy yordam so‘rab murojaat qildi. Alpomish ko‘chasida yashovchi Olloberdi Umarov esa imtiyozli kredit ajratishda amaliy yordam so‘radi. Ushbu murojaatlar har biri alohida tarzda ko‘rib chiqilib, tegishli tashkilotlarga ijobiy hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

– Bugun bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda nafaqat boshqalar, balki mening ham sog‘ligim bo‘yicha qilgan murojaatim ijobiy hal etildi, – deydi Maqsad Mamanazarova. – Rostini aytsam, ilk bor murojaat qilganimda shunchaki tinglanar, deb o‘ylagandim. Lekin kutganimdan ham yaxshiroq bo‘ldi: hokim muammolarimni tinglab, tegishli soha xodimlariga darhol topshiriq berdi. Eng muhimi, endilikda sog‘lig‘imni tiklash va o‘zim istagan shifoxonada davolanish imkoniyatiga ega bo‘ldim.

Uning ta’kidlashicha, bunday uchrashuvlar aholining muammolarini amaliy hal etishga xizmat qilib, odamlarda davlat organlariga nisbatan ishonchni kuchaytirmoqda.

Muloqotda mahallaning kriminogen vaziyati ham atroflicha tahlil qilindi. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida profilaktika tadbirlarini kuchaytirish, aholi uchun xavfsiz va osoyishta muhit yaratish masalalari muhokama etildi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalla faollari va mas’ul tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi qayd etildi.

Fuqarolar bilan manzilli ishlash, murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish, huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini bartaraf qilishga qaratilgan yangi mexanizmlarni joriy etish vazifalari belgilab olindi. Tuman rahbariyati tomonidan har bir taklif va e’tirozlar bo‘yicha aniq amaliy choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

23.12.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar