Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Ombudsman monitoring o‘tkazdi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va uning mintaqaviy vakili tomonidan tegishli jamoat tashkilotlari jalb etilgan holda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi 7-sonli tergov hibsxonasi, Past Darg‘om tumanidagi 37-sonli jazoni ijro etish manzil koloniyasi hamda Samarqand shahridagi vaqtinchalik saqlash hibsxonalarida monitoring tadbirlari o‘tkazildi.

Monitoringlar davomida ushbu muassasalarda mahkumlar uchun yaratilgan sharoitlar va ularning oila a’zolari bilan muddatli uchrashuvlar o‘tkazish imkoniyatlari  ko‘zdan kechirildi, bu maskanlarda saqlanayotgan shaxslarning murojaatlari eshitildi.

– Tergov hibsxonasida mahbus va mahkumlarga qonunchilik doirasida zarur sharoitlar yaratilgan, – deydi Kattaqo‘rg‘on shahridagi 7-son tergov hibsxonasi boshlig‘i o‘rinbosari Uchqun Normurodov. – Jazo muddatini o‘tayotgan fuqarolar ozodlikka chiqqach, biror kasb-hunar yoki foydali mehnat bilan shug‘ullanishi uchun kasb-hunarga o‘qitilmoqda. Hozir muassasada chilangarlik, santexniklik, tikuvchilik, duradgorlik va boshqa hunarmandchilik ustaxonalari tashkil etilgan. Mahkumlar bu yerda o‘ndan ortiq yo‘nalishda kasb-hunar o‘rganish bilan birga mehnatiga yarasha haq ham olmoqda.

O‘rganishlar davomida respublikadagi jazoni ijro etish muassasalarida mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda sayyor qabul va uchrashuvlar tashkil etilib, mahkumlarning muammolariga yechim topilayotgani, namunali xulqi bilan ajralib turgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan mahkumlarga tayinlangan jazolar yengiliga almashtirilayotgani ma’lum qilindi.

– Monitoring tadbirlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad mahkumlarning  murojaatlarini o‘rganib, ularni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, oilasining farovonligini ta’minlash hamda mutasaddi davlat idoralari hamkorligida huquqiy, tibbiy va psixologik ko‘mak berish, – deydi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari Bekzod Narimonov. –  Shu maqsadda Ombudsman va uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 728 marta monitoring tashrifi amalga oshirildi. 7 mingdan ortiq mahkum va mahbuslar bilan jamoaviy hamda 4381 nafari bilan xoli tarzda suhbatlar o‘tkazildi. Monitoring tashriflari davomida ushbu muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning yashash sharoitlari, ovqatlanishlari, mehnat qilish hamda tibbiy yordam ko‘rsatish holatlari va sifati, saqlanayotgan shaxslar orasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilayotganligi va boshqa masalalar o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi. Mahkum va mahbuslarning oila a’zolariga 34 million so‘mga yaqin moddiy yordam pullari ajratilishiga ko‘maklashildi.

Bu galgi o‘rganishlar davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar yechimi bo‘yicha tegishli davlat tashkilotlari, Oliy Majlisga tahliliy ma’lumotlar taqdim etiladi.

21.12.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar