
Bugungi kunda yoshlar yangi g‘oyalar, qat’iyat va izlanishlar timsoli. Ularning intilishini qo‘llab-quvvatlash esa davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Ana shu ezgu maqsad yo‘lida Navoiy viloyati Karmana tumanida tuman hokimi Shohruh Boltayev ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda 200 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etib, o‘z taklif va muammolarini bevosita rahbarga yetkazish imkoniga ega bo‘ldi.
– Tuman hokimi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda davlat tashkilotiga yoki o‘zim orzu qilgan ishga kirgunga qadar boshqa ishda ishlab turish imkoniyatini so‘radim, – deydi Iroda Baxtiyorova. – Hokim murojaatim ijobiy hal etilishini bildirib, menga markazda faoliyat olib borishim va ish topgunimcha boshqa vazifani bajarib turishim mumkinligini aytib o‘tdi.
Karmana tumani innovatsion salohiyati bilan ajralib turadigan hudud hisoblanadi. Shu bois tadbir davomida tuman rahbari ilg‘or fikrli yoshlar tomonidan taqdim etilgan innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdi va ularning faoliyatini kengaytirish uchun so‘ragan kredit masalasini ham joyida bartaraf etdi.
Hozirda texnika ta’mirlash bilan shug‘ullanayotgan yosh usta Shamsiddin Tursunovga ish ko‘lamini kengaytirish uchun o‘zi yashaydigan hududdan yengil konstruksiyalik qurilma qo‘yib berishi aytilgan bo‘lsa, oliygohni tamomlagan Madina Saidova esa ishga joylashtirildi.
– Joriy yilda Navoiy davlat universitetining tillar fakulteti ingliz tili yo‘nalishini tamomlagan edim, – deydi M.Saidova. – Oliygohni tugatganimga qariyb olti oy bo‘lgan bo‘lsa-da, hali ish topolganim yo‘q. Shu sababli bugungi uchrashuvda hokimimizga ish so‘rab murojaat qildim. Murojaatim ijobiy hal etilib, logistika sohasida ish bilan ta’minlandim.
Uchrashuv davomida yoshlarning har bir murojaati alohida e’tiborga olinib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan mas’ul idoralarga topshiriqlar berildi. Natijaga ko‘ra, 70 ta murojaat joyida ijobiy hal etilgan. Quvonarlisi, ko‘tarilgan masalalar orasida muammolardan ko‘ra tashabbus va yangi g‘oyalar ustuvor bo‘ldi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
| Суғурта товонини қоплаш | Ишонч телефони | 20 Iyun 2024 | 21 Iyun 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
| Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |