Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Fuqarolarning murojaatlari nazoratga olindi

Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov navbatdagi shaxsiy qabulda fuqarolarning turli sohalardagi muammolariga alohida e’tibor qaratdi. Qabulda har bir murojaat mas’ul rahbarlar ishtirokida ko‘rib chiqildi va ularni hal etish uchun aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Viloyat hokimi fuqarolar bilan doimiy muloqot va hamkorlikni kuchaytirish, ularning talab va takliflarini tizimli ravishda ko‘rib borish zarurligini ta’kidladi.

Qabul Sirdaryo viloyati Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasida bo‘lib o‘tdi. Unda 10 nafar fuqaro ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy ta’miri, kredit va bank masalalari, tibbiy yordam, infratuzilma va huquqiy masalalar bo‘yicha murojaat qildi.

Xovos tumanining Mustaqillik mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Jahongir Murodqulov rafiqasini nogironlik nafaqasiga chiqarish uchun amaliy yordam so‘radi. Viloyat hokimligi tomonidan ushbu murojaat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimi mas’ullariga qonuniy tartibda ko‘rib chiqish topshirildi.

Shu tumanning  Paxtakor mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Muxlisa Abdullayeva esa tabiiy gaz va elektr tarmog‘i bilan ta’minlash masalasini ko‘tardi. Mavjud chora-tadbirlar natijasida bu murojaatni hal etish ishlari allaqachon boshlangani ma’lum qilindi.

Huquqiy masalalar ham e’tibordan chetda qolmadi. Baxtiyor Qosimov mulkiy nizo yuzasidan murojaat qilib, to‘langan mablag‘ni undirishda huquqiy yordam so‘radi. Viloyat hokimi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan masala sud va qonun doirasida hal etilishi tushuntirildi.

Qabul yakunida Erkinjon Turdimov har bir murojaat shaxsiy nazoratga olinishini ta’kidlab, mas’ul rahbarlarga fuqarolar muammolariga befarq bo‘lmasdan, o‘z vaqtida va qonuniy yechim topish zarurligini ma’lum qildi.

19.12.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar