Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ijtimoiy himoya sohasida inson manfaati ustuvor qo‘yilgan

Joriy yil mamlakatimizda ijtimoiy himoya sohasi tub burilish yasagan, aholining ehtiyojlariga davlatning tezkor va manzilli javobini ta’minlashga qaratilgan islohotlarga boy bo‘ldi.

“Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilgan siyosat natijasida ijtimoiy xizmatlar mazmunan yangilanib, ularni ko‘rsatish mexanizmlari soddalashtirildi va aholi uchun ochiq tizim shakllantirildi. Xususan, Toshkent viloyati tuman-shaharlarda faoliyat yuritayotgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali bugungi kunda 100 dan ortiq ijtimoiy xizmat turlari ko‘rsatilmoqda. 

2025 yil boshidan buyon mahallalardan kelib tushgan 311 mingdan ortiq murojaatning 250 mingdan ziyodi ijobiy hal etildi. Ijtimoiy xizmatlarning mahalla darajasiga tushirilishi davlat boshqaruvida markazlashuvdan xizmatga yo‘naltirilgan boshqaruvga o‘tish jarayonini tezlashtirdi. Bundan tashqari, yil boshidan beri nogironligi bo‘lgan shaxslarni funksional baholash va reabilitatsiya qilish tizimi tubdan yangilandi. 

Hozirda viloyatda 76 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar ijtimoiy muhofaza bilan qamrab olingan. Protez-ortopediya va reabilitatsiya vositalarini navbatsiz, uch kun ichida vaucher asosida berish tizimi joriy etildi. Mahsulotlar turlari 30 taga yetkazilib, ayrim vositalar qiymati 33 million so‘mgacha oshirildi. Bandlikni ta’minlash bo‘yicha belgilangan rejalar 120 foizga bajarildi. Mazkur yondashuv nogironligi bo‘lgan shaxslarni faqat yordam oluvchi sifatida emas, balki iqtisodiy va ijtimoiy faol shaxs sifatida jamiyatga integratsiya qilishga xizmat qildi. 

– Toshkent viloyatida 11 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan bolalar bilan ishlashda kompleks yondashuv joriy qilindi. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar faoliyati kengaytirilib, inklyuziv ta’lim, kunduzgi parvarish va maxsus muassasalarga yo‘naltirish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yildi. Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan kunduzgi parvarish xizmatlari bolalar bilan bir qatorda ota-onalarning bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Inklyuziv xizmatlarning kengayishi nogironligi bo‘lgan bolalarning erta ijtimoiylashuvi va oilalarning ijtimoiy barqarorligini ta’minlashda muhim omil bo‘ldi, – deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Miraziz Mirsultonov. 

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni oilaviy muhitga qaytarish, ularni ta’lim va kasbga yo‘naltirish ustuvor vazifa etib belgilandi. Yuzlab bolalar fan, sport, IT va xorijiy tillar bo‘yicha qo‘shimcha to‘garaklarga jalb etildi. 51 nafar yetim bola davlat tomonidan uy-joy bilan ta’minlandi. Mazkur sa’y-harakatlar bolalarni ijtimoiy muassasalarga qaram bo‘lib qolishdan saqlab, ularning mustaqil hayotga tayyorlanishiga zamin yaratdi. Shu bilan birga, “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida yolg‘iz keksalar va parvarishga muhtoj shaxslar uchun uyda parvarish, shaxsiy yordamchi va reabilitatsiya xizmatlari ham joriy etildi. 

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning adaptiv sportdagi yutuqlari ushbu yo‘nalishning ijtimoiy ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi. Joylarda “Kambag‘al oilalar reyestri” orqali minglab oilalar bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yildi. Natijada hozirgacha 22 mingdan ortiq oila kambag‘allikdan chiqarildi. 

Muhimi, 2025 yil ijtimoiy himoya sohasida inson manfaatini ustuvor qo‘ygan, amaliy natijalarga yo‘naltirilgan va barqaror tizim shakllangan yil bo‘ldi. Amalga oshirilgan islohotlar aholining turmush sifatini yaxshilash, ijtimoiy adolatni ta’minlash va jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

20.12.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Суғурта товонини қоплашИшонч телефони20 Iyun 202421 Iyun 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar