Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida tuman hokimi Ilhom Abrorov ehtiyojmand oilalar vakillari va ularning farzandlari bilan uchrashdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Bo‘zatov tumanida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va muammolarga yechim topish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish maqsadida so‘nggi yillarda bir qator davlat dasturlari amalga oshirildi. Elektron tizimlar joriy etildi, xonadonbay patronaj xizmatlari tashkil qilindi.
Ma’lumki, g‘o‘za parvarishi bo‘yicha 1 iyuldan 31 avgustgacha “G‘o‘zada kafolatli hosil yaratish zarbdor 60 kunlik” e’lon qilingan. Bu borada Namangan viloyatining Uychi tumanidagi “Mashad sohibkori” fermer xo‘jaligida namunali ish tashkil etilmoqda.
Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi Omonxona mahallasida tumandagi mahallalar “yettiligi” va sohaga aloqador tashkilotlar rahbarlari ishtirokida aholi turmush darajasini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirib, ishsizlikni kamaytirish, hududlarning infratuzilmasini yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Yoshlarning savoli ham, masalasi ham ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun Dang‘arada tuman rahbarlari ular bilan qishloq, mahalla, korxonalarda muntazam uchrashib turadi.
Buxoroda Mahallani qo‘llab-quvvatlash shahar kengashining 1-yarim yillik yakunlari bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi holatlar jinoyatchilik hamda ularning sodir etilishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Buxoroda qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov viloyat va tuman darajasidagi tegishli tashkilotlar rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari hamda hududiy fermerlar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Urganch shahridagi IT-Park binosida Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimovning tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov sanoat rivoji va xususiy sektor salohiyati bilan tanishish maqsadida Sirdaryo tumaniga tashrif buyurdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |