Xalq bilan muloqotni yaxshilash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijadorligini oshirish, ijobiy hal etilishi bo‘yicha bir qancha choralar ko‘rib kelinmoqda.
2025 yilning 4 oyi davomida Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani aholisidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Virtual va Xalq qabulxonalari orqali jami 2 276 ta masalaga oid murojaatlar kelib tushgan. Shundan 1 909 tasi bugungi kunga qadar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, 1422 ta murojaat qanoatlantirilgan. Shundan 644 ta yoki 34 foiz murojaatlar ijobiy hal etilgan.
O‘tgan davr mobaynida Xalq qabulxonasi tomonidan respublika, viloyat hamda tumandagi davlat organlari va tashkilot rahbarlari bilan hamkorlikda hududdagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, joylarda aholi uchun dolzarb muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
– O‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida ikki mingdan ziyod fuqarolar ishtirok etib, 444 nafar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 465 ta turli sohalarga oid murojaatlar qabul qilindi, – deydi Usmon Halimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri. – Qabul qilingan 465 ta murojaatlarning 306 tasi qanoatlantirilgan bo‘lib, shundan 269 tasi ijobiy hal etildi, 37 tasiga huquqiy ma’lumot berish orqali hal qilingan, 20 tasiga asosli tushuntirish berilgan, 8 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan.
Joriy yilning o‘tgan davrida amaldagi qonun hujjatlari va tuman Xalq qabulxonasining ish rejasiga muvofiq doimiy o‘rganishlar olib borilib, murojaatlar bilan ishlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlariga 5 ta taqdimnoma, 2 ta taklif hamda xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlariga 2 marotaba axborot kiritilgan.
– Meni farzandim Asilbek Hamroqulov bolalikdan nogiron, – deydi G‘ijduvon tumani “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Ra’no Rahmonova. – Nogironlik nafaqa pulini olib kelar edik. Tibbiyot xulosasi muddati tugagan deb nafaqa pulini rad qilishdi. Aniqlashtirsam xulosani muddati bor ekan. Undan so‘ng o‘g‘limni familiyasi bazada Hamroyevga o‘zgarib qolgan ekan. Biz esa 15 yil davomida Hamroqulov familiyasi bilan nafaqa puli olib kelgan edik. Men yana hujjatlarni tayyorlab, familiyani ham o‘zgartirib keldim. Hozirda arizam Toshkent shaharda tasdiqlanmaganini aytishmoqda. 4 oydan buyon nogironlik nafaqa pulini olmayapmiz. O‘g‘limga doimiy nogironlik nafaqa pulini olishimizda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgandim. Murojaat Xalq qabulxonasi tomonidan nazoratga olinib, 4 oylik nogironlik nafaqa pullari to‘liq to‘lab berilishi ta’minlandi.
– G‘ijduvon tumani Sitora to‘yxonasidan markaziy shifoxonagacha bo‘lgan katta markaziy yo‘llar o‘ydim-chuqur bo‘lib avariya holatlari ko‘payib ketmoqda, – deydi “Kalon” mahalla fuqarolar yig‘ini Sarvari qishlog‘ida yashovchi T.To‘qsanov. – Mashina haydovchilari ko‘pgina moddiy zarar ko‘rishmoqda. Bu masalada hech qaysi tashkilotga murojaat qilganim yo‘q. Sitora to‘yxonasidan markaziy shifoxonasigacha bo‘lgan katta markaziy yo‘llar davlat standartlari asosida ta’mirlab berishlarida amaliy yordam so‘rab murojaat qildim. Murojaatim tuman Xalq qabulxonasi va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida joyida borib o‘rganildi. Murojaatga asosan yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi.
O‘rganishlar yuzasidan Tuman elektr tarmoqlari korxonasi ko‘rsatma berilib, qishloqdagi 500 metr elektr simlari yangisiga almashtirildi va joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilib aholi sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlanib roziligiga erishildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |