Ellikqal’a tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi rahbari birinchi o‘rinbosari U.Ismailov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi o‘rinbosari R.Saparbayev rahbarligida Ellikqal’a, To‘rtko‘l, Beruniy, Amudaryo tumanlari aholisi uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Ushbu qabulda barcha vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari va tuman hokimlari aholi murojaatlarini tingladi. Qabul davomida 241 nafar fuqarodan jami 247 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 97 tasi ijobiy hal qilindi. Sud-huquq, soliq, avtomobil yo‘llari, bandlik kabi 68 ta masalaga asosli tushuntirish berilgan bo‘lsa, muddat talab etiladigan 82 ta murojaat nazoratga olindi va qisqa muddatda o‘rinli yechim topish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Jumladan, respublika ishchi guruhi a’zosi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi mas’ul xodimi M.Tajibayev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisi va o‘rinbosarlari tomonidan sayyor qabulda jami 50 nafar fuqaro qabul qilindi. Ularning 11 nafari jinoyat, 3 nafari ma’muriy, 31 nafari fuqarolik ishlari bo‘yicha, 5 nafari iqtisodiy ishlari bo‘yicha qolganlari boshqa umumiy masalalarda murojaat qildi.
Tumanlardagi fuqarolar yig‘inlariga fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga beriladigan da’vo ariza va ariza namunalari berilib, buning natijasida ushbu kunning o‘zida aliment undirish haqidagi 6 nafar fuqaroning murojaati qanoatlantirildi. Aliment undirish to‘g‘risida hamda oilaviy nizo sababli alohida yashayotgan va nikohdan ajratish haqida fuqarolik ishini ko‘rish jarayonida ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilaga tushuntirish ishlari o‘tkazilishi natijasida ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan bitta oila yarashtirildi.
Shuningdek, kommunal xizmatlar to‘lovi hamda fuqarolardan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi sud buyruqlariga nisbatan 8 nafar shaxsning e’tiroz arizalari ko‘rib chiqilib, qanoatlantirildi va sud buyruqlari bekor qilindi. Bitta iqtisodiy ish bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektining da’vo talabi qanoatlantirilib, tadbirkorlar tomonidan shartnomaga asosan yetkazib berilgan mahsulot va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanmasdan kelinayotgan haqdorlik undirib berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Таълим кредити | Ишонч телефони | 8 May 2024 | 23 May 2024 | Xorazm viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар) | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |