Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Shijoatli ayol ibrat ko‘rsatmoqda

Ishsizlik, ayniqsa, xotin-qizlar uchun jiddiy muammolardan biri. Biroq shunday ayollar borki, vaziyatdan chiqish uchun faollik ko‘rsatadi, imkoniyat izlaydi va tashabbus ko‘rsatishdan to‘xtamaydi. Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanining Shodlik mahallasida istiqomat qiluvchi Nafisa Boyqulova ana shunday shijoatli ayollardan biridir.

U milliy shirinliklarni tayyorlashda ancha tajriba to‘plagan.  Ammo unga kerakli sharoit – ish boshlash uchun binoga ehtiyoj bor edi. Mahalla faollari va “yettilik” guruhi ko‘magida Uchtom qishlog‘idagi foydalanilmayotgan binolardan biri vaqtincha yangi tadbirkor uchun ajratilib, kam miqdorda moddiy yordam ham ko‘rsatildi. Bu esa Nafisa uchun yangi hayot yo‘lini ochdi.

Kam vaqt ichida u mazkur binoda milliy qandolatchilik sexini tashkil etdi. Hozir bu yerda non mahsulotlari, jumladan, chak-chak, tort kabi 20 turdagi shirinliklar tayyorlanmoqda va mahalliy bozorlarga yetkazib berilyapti.  

Nafisa Boyqulova bu ishda yolg‘iz emas, u 5 nafar ishsiz xotin-qizni ish bilan ta’minladi. Ularning har biri hozir yaxshigina daromad topmoqda.

Nafisaning bu tashabbusi mahalladagi boshqa ayollarga ham ilhom bag‘ishladi. Ayrimlar to‘qish, boshqalar tikuvchilik va gulchilik kabi sohalarda ish boshlashga bel bog‘lashdi. Bu esa mahallada xotin-qizlar o‘rtasidagi tadbirkorlik muhitini yaratishda o‘ziga xos namuna bo‘ldi.

– Boshida barchasi qiyin tuyuldi, – deydi Nafisa Boyqulova. – Lekin ishonch va harakat bor joyda yaxshi natija bo‘lar ekan. Meni qo‘llab-quvvatlagan mahalla rahbarlari va mas’ullardan juda minnatdorman. Endigi maqsadim – ishlab chiqarishni yanada kengaytirib, mahsulotlarni xorij bozorlariga chiqarish imkoniyatlarini o‘rganmoqchiman.

Darhaqiqat, ayni paytda u sexga yangi uskunalar olib kelib , yana qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishni rejalashtirgan. Bu esa nafaqat oilaviy farovonlik, balki mahalladagi ijtimoiy barqarorlikka ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniq.

Nafisa Boyqulovaning hayoti va faoliyati shunchaki tadbirkorlik emas, u mahalladagi xotin-qizlar hayotini yaxshilashga qaratilgan amaliy namunadir. Agar imkoniyat va ishonch, rag‘bat, shu bilan birga ko‘ngilda intilish, g‘ayrat bo‘lsa, har bir ayol jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladi. Oila farovonligi va to‘kinchiligi, qolaversa, yurt taraqqiyoti aynan shunday tashabbuslar bilan boshlanadi.

02.05.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar