2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xotin-qizlar bandligi doimiy e’tiborda

Oilada farzand tarbiyasi, yoshlarni komil inson qilib voyaga yetkazishda beqiyos o‘ringa ega bo‘lgan xotin-qizlarning jamiyatdagi nufuzini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va muammolarini hal etish davlat siyosatida ustuvorlik kasb etmoqda.

Bu borada Prezidentimizning 2024 yil 7 martdagi “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori joylarda izchillik bilan amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ayol-qizlarni kichik biznesga jalb etish, hunarmandchilik, tomorqa xo‘jaligi kabi uy mehnatini rivojlantirish orqali daromad topishga ko‘maklashish borasida salmoqli ishlar davom etmoqda. Namangan viloyati Norin tumanida bugungi kunda 176 ming aholi istiqomat qilayotgan bo‘lsa, ularning 85 ming 800 nafari xotin-qizlarni tashkil etadi.

Tuman hokimining o‘rinbosari, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi raisi Nargiza Sarimsoqovaning ma’lum qilishicha, 2025 yilning birinchi choragi davomida ikki mingdan ortiq norinlik opa-singillarning bandligi ta’minlangan. Qolaversa, yuzlab ayol-qizlar o‘z biznes loyihalarini yo‘lga qo‘yib, nafaqat o‘zlari doimiy daromad manbaiga ega bo‘libgina qolmay, mahalladoshlarining ham turmush sharoitini yaxshilashga ham yaqindan hissa qo‘shmoqda. Bu borada davlat hamda nodavlat tashkilotlar, tijorat banklarining hamkorlikdagi sa’y-harakatlari o‘z samarasini bermoqda. 

Joriy yilga mo‘ljallangan davlat dasturi ijrosi doirasida Norin tumani Furqat mahallasida yashovchi Fotima Mirsaidova Sho‘rariq mahallasida joylashgan “Mir siti” mas’uliyati cheklangan jamiyatni ta’sis etib, 150 nafar ishsiz xotin-qizni ishli bo‘lishiga ko‘maklashdi. 

Sho‘rariqlik Gulsanam Haydarova esa o‘z yashash xonadonida tadbirkorlik markazini tashkil qilib, 25 nafar ishsiz fuqaroni ishli qildi. Qirg‘iz Respublikasidagi hamkorlar bilan imzolangan kelishuvga ko‘ra, eksportbop tovarlar ishlab chiqarmoqda. 

Bobur mahallasi hududida tashkil etilgan “O‘zbekiston” kichik sanoat zonasida tadbirkor Ozoda Bozorova qandolatchilik asosida o‘z ishini boshlagani holda o‘nga yaqin kishini ish bilan ta’minladi. Qunduzxon Ibragimova esa tikuvchilik sexini ochib, 20 nafar xotin-qizni ish bilan band etdi. Salima Sattorova rahbarlik qilayotgan “Haqqulobod tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatda “Lider tadbirkor” loyihasi asosida O‘zbekiston va Navoiy mahallalaridagi ishsiz xotin-qizlarni jalb etib, “Sayxunobod tajribasi” asosida tikuvchilik yo‘nalishida o‘quvlar o‘tkazdi. Xuddi shunday loyiha rovotlik Ra’noxon Usmonova tomonidan amalga oshirilib, ishsiz mahalladoshlariga kasb-hunar va issiqxona yo‘nalishida bilim-ko‘nikmalar berilmoqda.

Yettiqashqa mahallasida istiqomat qiluvchi qo‘li gul hunarmand Saodatxon Jalolova qo‘g‘irchoqlar yasash sexini tashkil etdi va bu joyda 12 nafar ayol yasayotgan turli mahsulotlar nafaqat Namangan, balki boshqa viloyatlardagi bozorlarga yetkazib berilmoqda. 

– Bugun ayol nafaqat uy bekasi, balki ham ishbilarmon, ham hunarmand, ham fermer, ham omilkor dehqon sifatida ish o‘rniga ega bo‘lish, tadbirkorligini rivojlantirish orqali o‘z oilasi hamda jamiyatga birdek naf keltirmoqda, – deydi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Norin tumani filiali boshqaruvchisi Sayyora Badalova. – Bunda bank tomonidan mahallalarda amalga oshirayotgan targ‘ibot ishlari natijalari orqali aholiga yordamimiz tegayotganidan xursandmiz.

Masalan, Norin tumani Bo‘ston mahallasida yashovchi Salimaxon Sattorovaga Xalq banki tuman filiali tomonidan “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida tikuvchilik yo‘nalishida 25 million so‘m kredit ajratilishi tufayli kooperatsiya asosida mahalladagi ishsizlar bandligini ta’minlash maqsadida “Haqqulobod tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Qolaversa, mazkur jamiyatga kooperatsiya usulida bolalar kiyim-kechaklarini ishlab chiqarish loyihasi uchun 750 million so‘m imtiyozli kredit taqdim etildi. Natijada, mahalladagi 25 nafar fuqaro ishga joylashtirilib, ularning o‘rtacha 3-4 million so‘m daromad topishiga erishildi. Hozirda ishchilar soni 15 nafarga oshdi.

Katta Oqtovliq mahallasi, “Porloq Yulduz” ko‘chasida yashovchi Ozoda Xo‘jamqulova o‘z tomorqasidan mo‘may daromad topayotgan Norindagi namunali omilkor dehqonlar sirasiga kiradi. Sakkiz sotix tomorqa maydoni, olti sotix issiqxonaga ega bo‘lgan ushbu xonadon sohibasi ko‘chatchilik ekin turlarini yetishtirish bilan birga o‘ndan ortiq parranda ham parvarishlanmoqda.

Ozoda Xo‘jamqulova tomorqasida yetishtirilgan pomidor, bulg‘or qalampir, baqlajon, karam ko‘chatlarni sotilishi natijasida 115 million so‘m daromad oldi. Bunday yutuqlarga erishilishida tadbirkor ayolga o‘tgan yili Xalq bankidan 30 million so‘mlik moliyaviy ko‘mak ancha qo‘l kelganligini aytib o‘tish joiz. 

05.05.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar