2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasida jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslar, jamoatchilik hamda OAV vakillari qatnashdi. Unda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisining maslahatchisi Otabek Usmonov, hududiy boshqarma boshlig‘i Anvar Muhammadiyev ishtirok etib, 2024 yil hamda 2025 yil 1-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Ta’kidlanganidek, hududiy boshqarmaga jismoniy va yuridik shaxslardan 2024 yilda 1100 ga yaqin hamda 2025 yil 1-chorakda 600 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan. O‘rganishlar natijasida 2024 yilda 13,5 milliard, 2025 yil 1-chorakda 1 milliard so‘mdan ortiq pul mablag‘lari iste’molchilar va tadbirkorlik sub’ektlari foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.

– 2024 yilda davlat va korporativ buyurtmachilar tomonidan o‘tkazilgan tanlov (tender) savdolarida olib borilgan tahlillar davomida 1100 dan ortiq savdolar jarayonida 1140 ta raqobatga zid harakatlar aniqlangan, – deydi A.Muhammadiyev. – Ularning 252 tasi bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlariga ma’lumotnomalar taqdim etilgan bo‘lsa, 888 ta holat yuzasidan hududiy organ tomonidan 93 ta ish qo‘zg‘atilgan. 2025 yilning uch oyi davomida esa aniqlangan 141 ta qonun buzilish holatidan 81 ta holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlariga ma’lumotnomalar taqdim etilgan, 60 ta holat yuzasidan esa 4 ta ish qo‘zg‘atilgan.

2024 yilda tovar-xom ashyo birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar realizatsiya qilinishi jarayonlari o‘rganilishi natijasida 100 ta holatda manipulyatsiya va qonunchilik talablari buzilishi holatlari aniqlangan. Shuningdek, 8 ta holatda tabiiy monopoliyalar tomonidan asossiz haq undirish va tadbirkorlar hamda iste’molchilarning kamsitilishi, 2 tadan holatda ustun mavqeini suiiste’mol qilish, kartel kelishuvlari va insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilganligi holatlari aniqlanib, tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlangan. 2025 yilning 1-choragida esa 1 ta holatda asossiz haq undirish, 2 ta holatda ustun mavqeini suiiste’mol qilish, 2 ta holatda davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan ularning kafillangan shaxslarini tashkil etishda vakolatli organdan oldindan rozilik olmaslik holatlari aniqlanib, tegishli choralar ko‘rildi.

Birgina 2025 yil 1-choragida 10 dan ortiq o‘rganishlar natijasida 100 mingdan ortiq iste’molchining huquqlari tiklangan bo‘lsa, 400 dan ortiq reklama qonunchiligi yuzasidan monitoring ishlari amalga oshirilib, 300 ga yaqin holatda kamchiliklar aniqlangan va joyida bartaraf etilgan. Shuningdek, 9 ta korxonaga nisbatan tegishli ta’sir choralari qo‘llanilgan.

Ochiq muloqotda jismoniy va yuridik shaxslardan 30 ga yaqin murojaat va takliflar qabul qilindi.

– Uchrashuvda gaz ta’minotidan asossiz qarzdorlikni qayta hisob-kitob qilish hamda yangi gaz hisoblagich o‘rnatish bo‘yicha murojaat qildim, – deydi fuqarolardan biri O.Toshpo‘latov. – Ushbu murojaatim yuzasidan “Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali xodimi tushuntirish berdi. Uning javobidan qoniqmaganligim bois Raqobat qo‘mitasining viloyat hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli tartibda o‘rganishlar olib borilishi va murojaatimga aniqlik kiritilishi belgilandi.  

Uchrashuvda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob oldi.

04.05.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar