Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova ishtirokida “Temurbeklar maktabi“da “Yangi O‘zbekistonning shijoatli qizlari” shiori ostida “Rahbar ayol va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.
Jizzax viloyat hokimligi viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan birgalikda voyaga yetmagan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Prezidentimiz 17 mart kuni ichimlik suvi, issiqlik ta’minoti, mahallalar obodligi va qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Unda mahallalarda olib borilayotgan dehqonchilik va obodonlashtirish ishlariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filialida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Pokiza Ahmedjanovaning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi uyushtirildi.
Poytaxtimizda Yoshlar ishlari agentligi va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamkorligida “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Shu kunlarda Toshkent viloyati hududlarida Respublika ishchi guruhi, turli vazirliklar va davlat tashkilotlari, hokimlik mas’ullari ishtirokida tashkil etilayotgan ommaviy sayyor qabullarda aholining ko‘plab muammolariga yechim topilmoqda.
NukusdaO‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlarining keng jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tomorqadan unumli foydalanish istiqbollari yuzasidan amaliy seminar o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida tadbirkorlar, biznes sohasi ekspertlari va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan korxonalar vakillarining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Иш ҳақи тўлаш билан боғлиқ муаммолар | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Янги МТТ қуриш | Ишонч телефони | 23 Avgust 2024 | 28 Avgust 2024 | Toshkent shahri |
Светофор, радар ва йўл белгиларини ўрнатиш, пиёдалар ўтиш йўлини чизиш | Ишонч телефони | 31 Avgust 2024 | 10 Sentabr 2024 | Xorazm viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |