Farg‘ona viloyati 2-sektor rahbari ishtirokida Oltiariq tumanida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda 100 ga yaqin fuqarolarning murojaati tinglandi va 72 ta yozma murojaatlar qabul qilinib, ularning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbusni Urgutda amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Akmalxo‘ja Mavlonov Surxondaryo viloyati Denov tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qashqadaryo viloyatida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusni hayotga keng joriy etish, jumladan, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘n besh yillarcha avval ishlab turgan korxonasi bankrot bo‘lishi tufayli ishsiz qolgan bir do‘stim Rossiyaga ketib, o‘sha yoqlarda besh-olti yil ishlab qaytdi. Uning musofirchilik mashaqqatlari to‘g‘risida suhbatlarimizdan birida aytgan gapi sira esimdan chiqmaydi.
Aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish maqsadida 17-18 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rahbariyati Samarqand viloyatida hududiy sayyor qabullar o‘tkazdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy ob’ektlar qurish jadal davom ettirilmoqda. Markaziy ko‘cha va xiyobonlar obodonlashtirilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan biri – aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish borasida Farg‘ona viloyatida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mo‘ynoqdan 200 kilometr shimolda, avvalgi Vozrojdenie oroli maydonida ya’ni Orolning qoq markazida mevali va manzarali daraxtlar, gullar ekilib, yashil oaziz barpo qilinmoqda. Ushbu loyihaga qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Zinoviy Noviskiy rahbarlik qilmoqda.
Xalq bilan muloqot qilish, muammolarga tezkor va samarali yechim topishning zamonaviy mexanizmi yo‘lga qo‘yilgani odamlarning ertangi kunga ishonchini mustahkamlab, hayotdan rozi bo‘lib yashashida yuksak samaralar bermoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлиги | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |
| Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалалар | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалалар | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |