2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
10 sotix er oilani qanday boy qiladi?

O‘n besh yillarcha avval ishlab turgan korxonasi bankrot bo‘lishi tufayli ishsiz qolgan bir do‘stim Rossiyaga ketib, o‘sha yoqlarda besh-olti yil ishlab qaytdi. Uning musofirchilik mashaqqatlari to‘g‘risida suhbatlarimizdan birida aytgan gapi sira esimdan chiqmaydi.

Shokirjon (do‘stimning ismi) Moskva atrofi viloyatlarida bir mahalliy kishi bilan tanishib, do‘stlashib qolibdi. Bir kuni ular o‘rtasida shunday suhbat kechibdi:

– Shokir, sen shaharda yashaysanmi yo qishloqda? – so‘rabdi o‘sha kishi.

– Qishloqda. Nega so‘rayapsan? – debdi do‘stim.

– Demak, hovlida yashaysan, u kattami?

– O‘n sotixdan ko‘proq.

– O‘sha erni bog‘ qilsang bo‘lmaydimi?

– Bog‘ qilmay, nima qilibman. Mevalarning hamma turidan bor.

– Uzum ham bormi?

– Uch-to‘rt xilidan...

– Unda nega bu erlarda o‘zingni xor qilib yuribsan?! Sen boy ekansan-ku! Mana, men bir katta firmaning boshlig‘i bo‘lsam-da, uch xona kvartirada yashayman. Kvartira nimaligini bilasanmi, uning shifti ham, poli ham, devorlari ham bir o‘zingniki bo‘lmaydi. Devorga surat osish niyatida bitta mix ursang, darrov qo‘shning chiqadi, uyimni buzib yuborayapsan, deb dod soladi. Bitta tovuq boqolmaysan, hamma narsani bozordan sotib olasan... Aqling bo‘lsa, umringni oilangdan uzoqda o‘tkazmay, uyingga ket. O‘sha bog‘ingda ishlasang ham hech kimdan kam bo‘lmaysan...

Bir qarashda bekorchilikdan aytilgan shunchaki gap bo‘lib tuyuladigan bu suhbatning zamiridan bugun mamlakatimizda aholi turmush farovonligini oshirish yo‘lida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mazmun-mohiyatini anglash mumkin. Yoki Yaponiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda ko‘p qavatli uylarning tomiyu ayvoniga olis yurtlardan keltirilgan unumdor tuproq solib, gulzor, bog‘ yaratilayotgani hayratlanarli tuyulishi barobarida tafakkurga ham undaydigan voqelikdir. Mamlakatimizda tomorqadan samarali foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani zamirida ana shu tafakkur in’ikosi mujassam, desak, xato bo‘lmaydi. Zero, yilning har to‘rt faslida hosil berishga qodir saxovatli zaminimizdan foydalanmaslikni, tomorqasini qarovsiz tashlab qo‘yish holatlarini hech qanday bahona bilan oqlab bo‘lmaydi. 

Davlatimiz rahbari bu masalaga doir bir qator hujjatlar qabul qildi. Joriy yil 22 fevralda Prezidentimiz raisligida aholi tomorqa erlaridan samarali foydalanish va bahorgi ekin ekish ishlarini tashkil etish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda ham bu boradagi dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Namangan viloyatida bu boradagi ishlarning borishi qanday?

– Tegishli hujjatlar va Prezidentimizning shu yil bahorning ilk kunlarida viloyatimizga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimi qarori bilan “Zarbdor yigirma kunlik” e’lon qilindi, – deydi viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi raisining o‘rinbosari A.Ubaydullaev. – Viloyat, shahar va tumanlarda bank, moliya, soliq, g‘aznachilik muassasalari va boshqa davlat hamda jamoat tashkilotlari vakillaridan shakllantirilgan ishchi guruhlar tomonidan, avvalo, aholi o‘rtasida tomorqa erlardan samarali foydalanishning ahamiyati bo‘yicha muntazam targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, mahalla guzarlarida “Tomorqa” do‘konlari tashkil qilinib, ularda urug‘lik, ko‘chat, mineral o‘g‘it, dehqonchilik anjomlari savdosi yo‘lga qo‘yildi. Sektorlarga mas’ul tashkilotlar tomonidan kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar, yakka-yolg‘iz keksalar singari tomorqa parvarishiga jismonan qodir bo‘lmagan yurtdoshlarimiz tomorqasi urug‘lik va ko‘chatlar bilan ta’minlanib, agrotexnik ishlarda homiylik va amaliy yordam ko‘rsatildi. 

Viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda viloyatdagi 372 ming 365 nafar tomorqa er egasi tasarrufida 19 ming 900 gektarga yaqin ekin maydoni mavjud. Uning 5 ming 672 gektari kuzgi dehqonchilik bilan band qilingan bo‘lsa, 14 ming 226 gektar tomorqada bahorgi ekinlar ekish rejalashtirilgan. “Zarbdor yigirma kunlik”da ko‘rilgan shunday chora-tadbirlar natijasida bugunga qadar tomorqa erlarning 95 foizidan ko‘prog‘iga bahorgi ekinlar ekib bo‘lindi. Ayni kunlarda 1 ming 733 gektar erda kartoshka, 110 gektarga yaqin erda poliz, 1 ming 8
42 gektarda dukkakli ekin, 1 ming 437 gektarda pomidor, 1 ming 604 gektarda bodring, 942 gektarda ko‘kat, 1 ming 788 gektarda sabzi, 1 ming 596 gektarda piyoz va 2 ming 358 gektarda boshqa bahorgi dehqonchilik ishlari avj pallaga kirdi.

Tomorqa erlardan samarali foydalanish bo‘yicha ibratli ishlar amalga oshirilayotgan To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Kalvak mahallasi tajribasi shu erda o‘tkazilgan viloyat seminarida ommalashtirildi.

– 5 sotixli tomorqamizda issiqxona tashkil qilib, oilamiz bilan ishlab, noyabrь oyida ekkan sarimsoq piyozning ko‘kidan 8 million so‘m daromad oldik, – deydi to‘raqo‘rg‘onlik I.Abdurahmonov. – Ikkinchi dehqonchilikka sepgan pomidor, bulg‘or qalampiri, baqlajon urug‘idan etishtirgan ko‘chatlarimizdan ham daromad bundan kam bo‘lmadi. Hozir uchinchi hosilga pomidor ko‘chatini ekdik. Maqsadimiz el dasturxoniga yozgi hosilga nisbatan 20-30 kun ertaroq pomidor tortiq qilish va shunga yarasha daromad olish.

– Mahallamizda aholi tasarrufida 70 gektarga yaqin tomorqa bo‘lib, uning 35 gektari bog‘ va 30 gektarga yaqini ochiq ekin maydonlaridir, – deydi "Kalvak" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi A.Dadaboev. – Mahalladoshlarimiz erning har qarichidan unumli foydalanish hadisini olgan. Hatto tomorqasidagi xurmo, gilos daraxtlari oralig‘ida meva gullaguncha hech bo‘lmasa ko‘kat etishtirib, qo‘shimcha daromad topadi. Bugungi kunda mahallamizdagi 200 xonadonda issiqxona tashkil qilingan. Xullas, tomorqaga mehr bergan tadbirkor oilalar kech kuzdan erta bahorgacha ikki-uch marta hosil olmoqda. Kalvak mahallasi bir necha yildan buyon ko‘chatchilikda butun vodiyga ta’minotchi vazifasini o‘tamoqda, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tomorqa erlardan samarali foydalanish bo‘yicha targ‘ibot, muvofiqlashtirish va amaliy ko‘maklashishda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi asosiy mutasaddi hisoblanadi. Kengash tomonidan mahallalarda fuqarolar yig‘ini raisi va profilaktika inspektori rahbarligida 1 ming 336 ta ishchi guruh shakllantirilib, ularga 11 ming 409 nafar ko‘chaboshi jalb etildi.

Mahallalardagi kam ta’minlangan oilalar, yakka-yolg‘iz keksalar, nogironligi bor muhtoj oilalar tomorqasida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashish maqsadida uyushmagan yoshlardan iborat 667 ta “Fidoyi yoshlar” otryadi shakllantirildi. Otryadlarga 5 ming 421 nafar uyushmagan yosh qamrab olindi. Ishchi guruhlar tomonidan uyma-uy yurilib aholi tomorqa eri xatlovdan o‘tkazildi.

Ayni paytda 5 ming 934 xonadon tasarrufidagi 896 gektar tomorqa eriga mahallaning fidoyi yoshlari hamda faollarini jalb etgan holda ekin ekish ishlari davom ettirilmoqda. 2 ming 670 ta yangi issiqxonadan hozirgi kungacha 1 ming 625 tasida dehqonchilik ishlari avj pallaga kirdi.

Bu borada olib borilayotgan ishlar natijasi viloyat miqyosida tashkil etilgan “Shaxsiy tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha xonadon daftari"da qayd etib borilayapti.

Akromjon Sattorov, O‘zA

21.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar