2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabulda 21 fuqaro ishga joylashdi

Xalq bilan muloqot qilish, muammolarga tezkor va samarali yechim topishning zamonaviy mexanizmi yo‘lga qo‘yilgani odamlarning ertangi kunga ishonchini mustahkamlab, hayotdan rozi bo‘lib yashashida yuksak samaralar bermoqda.

Xorazm viloyati to‘rtinchi sektori, viloyat davlat soliq boshqarmasi rahbari tomonidan Shovot tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda bu yana bir bor o‘z isbotini topdi.

 

Prezidentimiz tashabbusi bilan xalq bilan muloqot qilish, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish, odamlarning talab va istaklarini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bu yurtdoshlarimizni yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarga joyida yechim topish, aholining turmush darajasi va sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

 

Shovot tumani Tuproqqal’a mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda ham tadbirkorlarga yer ajratish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, farzandini davolatish, yo‘llarni ta’mirlash, bandlik, ichimlik va oqova suv ta’minoti kabi muammolar yuzasidan bo‘lgan 51 ta murojaatning hech biri e’tiborsiz qolmadi. 27 ta masala joyida hal qilindi. Hal etilishi vaqt talab qiladigan murojaatlar tegishli tartibda yuqori organlarga yuborildi va ijrosi nazoratga olindi.

 

– Mahallamizda 1 ming 800 oila istiqomat qiladi, – deydi “Botirlar” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Hamrobek Miskinov. – Uch-to‘rt yildirki, aholini ichimlik suvi muammosi qiynab kelmoqda. Bugun mening murojaatimni rahbarlar qabul qildi. Mahallamiz 2020 yilning maxsus dasturiga kiritildi. Unga qadar mahallamizni “Tuyamo‘yin-Urganch” magistral quvurlardan foydalanish davlat unitar korxonasi Shovot tumani bo‘limi tomonidan maxsus transport yordamida toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.

 

Sayyor qabulda yo‘l bilan bog‘liq muammolar ham ko‘rib chiqildi. Bu esa tuman rahbarlaridan endilikda ichki yo‘llarni ta’mirlashga kirishish lozimligini, ushbu masalaga alohida mas’uliyat bilan yondashishni talab etadi.

 

– Bizning Zargarlar ko‘chasi 1995 yildan buyon biror marta ta’mirlanmagan, – deydi Tuproqqal’a mahallasida istiqomat qiluvchi Fotima Bozorova. – Sayyor qabulda joriy yilning ikkinchi yarmida dastur asosida ta’mirlash bo‘yicha tegishli idoralarga topshiriq berildi. Ayniqsa, qish faslida farzandlarimiz maktabga borishda juda qiynaladi.

 

El-yurt farovonligi va iqtisodiyotimiz barqarorligi aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasiga chambarchas bog‘liq. Sayyor qabulda vaqtincha ishsiz fuqarolar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi ham tashkil etildi. Natijada 21 nafar fuqaro muqim ish joyiga ega bo‘ldi. 19 yoshli Munojat Yo‘ldosheva ham mehnat yarmarkasida o‘zi uchun mos ish topdi. Uning hujjatlari shu yerning o‘zida rasmiylashtirildi.

 

– O‘tgan yili kollejni tamomlab, uyda ishsiz o‘tirgandim, – deydi Munojat Yo‘ldosheva. – Bugun shu yerning o‘zida o‘z mutaxassisligim bo‘yicha mahallamizdagi “Shovot carton paper” MChJga ishga joylashdim. Endi o‘z ehtiyojlarim uchun ketadigan mablag‘ni o‘zim ishlab topaman.

 

Shovot tumanida aholining oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga bo‘lgan talabini to‘la qondirish asosiy vazifalardan biridir. Ana shu maqsadda sayyor qabul doirasida sabzavot, poliz ekinlari, gul ko‘chatlari savdo yarmarkasi tashkil etildi. Ko‘chat yetishtiruvchilar aholiga ko‘chat parvarishlashning agrotexnik qoidalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

 

Ahmadjon Shokirov, O‘zA

17.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar