2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Savobning, ezgu ishning qo‘sh qanoti

Qashqadaryo viloyatida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusni hayotga keng joriy etish, jumladan, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Har bir hududning sharoit va imkoniyatlari o‘rganilib, sektorlar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan. Yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish bo‘yicha ”Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan.

 

Ayni paytda viloyatda 24 ta madaniyat markazi mavjud bo‘lib, ularda 141 ta to‘garak faoliyat ko‘rsatadi. Tashabbusdan so‘ng har bir madaniyat markazida talab va ehtiyojdan kelib chiqib, qo‘shimcha 2 tadan yo‘nalish faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu esa iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, iste’dodini namoyon qilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Masalan, Chiroqchi tumani Chiroqchi mahallasidagi madaniyat markazida yangidan 3 ta ansambl tashkil etildi. “Boychechak” raqs ansamblida 20 ga yaqin yosh san’at sirlarini o‘rganmoqda. Yangi tashkil etilgan “Doirachi” va “Iftixor” ashula va raqs ansambllarida shug‘ullanuvchi yoshlar safi kengaymoqda.

 

3.jpg

 

– To‘garaklar yoshlar bilan gavjum, – deydi Chiroqchi tumani madaniyat markazi rahbari Oybek Eshonov. – Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbusi bilan san’at va madaniyat sohasiga qaratilayotgan alohida e’tibordan so‘ng yoshlarda qiziqish yanada ortmoqda. Bugun a’zolar soni 200 dan oshadi. Muhimi, madaniyat, san’atga odamlarning qarashlari ham o‘zgardi. Keksa otaxonu onaxonlar nabiralarini yetaklab to‘garaklarga olib kelmoqda, o‘tirib bolalarning qo‘shiq va raqsini tomosha qilmoqda. Hududlarda joylashgan markazlarga ham avval 6, 10 nafar bola qatnagan bo‘lsa, bugun rassomchilik, musiqa san’ati va ashula to‘garaklarida 100 dan ziyod bola ishtirok etayotir.

 

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida hududlarda yoshlar klublari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Xususan, Chiroqchi tumanining Jar, Dam, Chiyali, Ko‘kdala qishloqlarida ana shunday madaniyat maskanlari ish boshlagani ota-onalarni behad quvontirmoqda.

 

Chiroqchi – baxshilar yurti. O‘zbekiston xalq baxshisi Shomurod baxshi Tog‘aevning yosh shogirdlari endi tumandagi 15-bolalar musiqa va san’at maktabida tashkil etilgan baxshilik yo‘nalishida mahoratini oshiradigan bo‘ldi.

 

5.jpg

 

– Prezidentimizning milliy san’atimiz rivojiga qaratayotgan e’tibori biz, yoshlarni yanada ruhlantirib yubordi, – deydi baxshichilik yo‘nalishi o‘qituvchisi Sanjar Cho‘baev. – Masalan, san’at maktablarida baxshichilik bo‘yicha darslar o‘tilmoqda, nufuzli festivallar tashkil etilayotir. Bu milliy baxshichilik san’atimizni rivojlantirish, xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga xizmat qiladi. Maktabimizda ham baxshilik sinfi ochildi. Ishonasizmi, qiziquvchi yoshlar safi kutilganidan ham ko‘proq kengaymoqda. Boisi, baxshichilik san’atida hikmat ko‘p, unda millatimizning o‘zligi, tarixi, adabiyoti, an’analari – barcha-barchasi mujassam. Buni o‘rganish va o‘rgatish esa g‘oyat mas’uliyatli ish. O‘tgan yili bir nafar o‘quvchim bor edi. Hozir ular soni 10 dan oshdi.

 

Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishini ta’minlashdek ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan 2-tashabbus bo‘yicha ham umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlarida kechki paytda shug‘ullanish uchun qo‘shimcha sport to‘garaklari tashkil etilib, ularga 1000 dan ortiq uyushmagan yosh jalb qilingan. Viloyatda shu vaqtga qadar 9 ta suzish havzasi mavjud edi, bugun ular yana bittaga ko‘paydi. Kitob tumanida yangi, zamonaviy yopiq suzish havzasi, tennis korti, mini-futbol va basketbol maydoni bunyod etildi. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasining 6,8 milliard so‘m mablag‘i hisobidan barpo etilgan suv havzasi inshootida barcha sharoit yaratilgan. Ayni paytda qiziquvchi yoshlar bu yerda suzish sir-asrorlarini o‘rganayotir. Tennis korti, mini-futbol va basketbol maydonlari ham sportsevar yoshlar bilan gavjum.

 

– Basseynda suzishni orzu qilardim, – deydi Alibek Qodirov. – Tumanimizda ham mana shunday muhtasham suzish havzasi qurilgani biz, yoshlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Hozir murabbiylar ko‘magida mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Kelajakda bu sport turini puxta egallab, yurtimiz bayrog‘ini xalqaro miqyosda yuksaklarga ko‘tarmoqchiman.

 

6.jpg

 

Koson tumanidagi O‘rta Obron mahallasida joylashgan suv havzasida ham suzish bo‘yicha to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu yerda boshqa mahallalardan ham suv sporti bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yigit-qizlar qatnashmoqda. 

 

– Ilgari bunday suzish havzasi faqat viloyat markazidagina bo‘lardi, – deydi murabbiy Sohiba Tog‘aeva. – Endi tumanimizda ham bor. Suzish salomatlik uchun g‘oyat foydali. Bu sport turini aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ommalashtirish yaxshi samara beradi. Hozirning o‘zida o‘quvchilarimiz soni 100 nafarga yetdi. Kelajakda ular yaxshi sportchi bo‘lib yetishishiga ishonamiz.

 

G‘uzor tumani Chanoq mahallasidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida ham o‘zbek jang san’ati, qo‘l to‘pi, stol tennisi to‘garaklari tashkil etilgan. Ayni paytda ularda 700 ga yaqin yosh shug‘ullanmoqda.

 

– Ota-onalarda ham sportga munosabat o‘zgardi, – deydi G‘uzor tumani jismoniy tarbiya va sport bo‘limi boshlig‘i To‘lqin Qahhorov. – Hozir bu yerda maktab o‘quvchilaridan tashqari 100 nafarga yaqin uyushmagan yosh ham mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.

 

Viloyatda haftaning bir kuni sport-sog‘lomlashtirish kuni sifatida belgilangani ham sportni ommaviylashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ommaviy marafon, yurish mashqlari, toza havoda sayr loyihalari va boshqa qator sport tadbirlari muntazam tashkil etilayotir.

 

8.jpg

 

Davlatimiz rahbarining kompyuter va internet texnologiyalaridan samarali foydalanish borasida belgilab bergan vazifalari ijrosi amalda o‘z ifodasini topmoqda. Viloyatdagi axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejlarida, maktablarda kompyuter savodxonligi to‘garaklari tashkil etildi. Ularda o‘quvchilar bilan birga, uyushmagan yoshlarga ham kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanish bo‘yicha dastlabki bilim ko‘nikmalari o‘rgatilmoqda.

 

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun xalqaro standartlarga mos dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, yosh dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Filialda dasturchilar tayyorlash va elektron hukumat markazi, Yevropa Ittifoqining ERASMUS plyus dasturi doirasidagi xalqaro loyihalar asosida tibbiyotda texnik reabilitatsiya ilmiy laboratoriyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani izlanuvchan talabalar salohiyatini ro‘yobga chiqarish, dasturiy mahsulotlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Filial pedagogik jamoasi tashabbusi bilan aholining kompyuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga qiziquvchi bolalar iste’dodini ro‘yobga chiqarish, internet imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga ko‘maklashish maqsadida kompyuter savodxonligi o‘quv kurslari tashkil etilgan. Ayni paytda bu yerda 50 nafar o‘quvchi bilan dastlabki mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

 

10.jpg

 

– Qarshi tumanidagi 65-umumta’lim maktabining 8-sinfida o‘qiyman. Tengdoshlarim bilan TATU Qarshi filiali qoshidagi kompyuter to‘garagiga qatnashyapmiz, – deydi Madina Anvarova. – Bu yerda har xil dasturlar ustida ishlashni o‘rganyapmiz. Bu bizning keyingi faoliyatimizda juda qo‘l keladi.

 

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish g‘oyasi ilgari surilgan to‘rtinchi tashabbus asosida qadrdon maktabga sovg‘a aksiyasi o‘tkazilmoqda. Unga ko‘ra, har bir rahbar xodim, deputat, tadbirkor yo fermer o‘zi o‘qigan maktabga turli kitoblar jamlanmasini sovg‘a qilmoqda. Natijada maktab kutubxonalari yuzlab sara adabiyotlar bilan boyimoqda. Yakkabog‘ tumanidagi 8-umumta’lim maktabida o‘quvchilar musaffo havo, maftunkor tabiat qo‘ynida kitob o‘qishi, bahs-munozara qilishi uchun maxsus ayvonchalar tashkil etilgan. O‘quvchilar tanaffusda bu yerda dars tayyorlab, o‘zlari sevgan kitobni mutolaa qiladi. Shu maktabda o‘qigan fermer Dilmurod Yo‘ldoshev maktab kutubxonasiga 80 dona kitob sovg‘a qildi. 3 mingdan ortiq kitob fondiga ega kutubxona sobiq o‘quvchilarning himmati bilan yana 200 taga ko‘paydi.

 

– Prezidentimiz tomonidan juda ezgu tashabbus boshlab berildi, – deydi Dilmurod Yo‘ldoshev. – Maktablarni kitob bilan boyitish, yangi adabiyotlar bilan ta’minlash bo‘yicha bergan tavsiyalari bizni ham quvontirdi. Tumanimizda 101 ta maktab bo‘ladigan bo‘lsa, biz fermerlar hamma maktab kutubxonalarini nodir adabiyotlar bilan boyitishga hissa qo‘shamiz.

 

14.jpg

 

Ochiq maydondagi kitob mutolaasi ana shunday xursandchiliklarga ulandi. Bu yerga tashrif buyurgan kitobsevarlar yangi adabiyotlar bilan tanishdi. Kitob bahsi avjiga chiqdi. Maktabga kitob sovg‘a qilgan fermer bilan suhbat ham aynan ma’naviyat beshigining inson kamolotida tutgan o‘rni haqida bo‘ldi.

 

– Badiiy kitoblar o‘qishni yoqtiraman, – deydi maktabning 8-sinf o‘quvchisi Dildora Jalilova. – Yaqinda o‘zbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” romanini o‘qib chiqdim. Maktabimiz kutubxonasiga ko‘p kitoblar sovg‘a qilinganidan juda ham xursandmiz.

 

Albatta, kamolga yetayotgan yosh avlodning ma’naviy olamini go‘zal tuyg‘ular, ezgu niyatlar bilan boyitish, Vatan qadrini singdirishda kitobning ahamiyati beqiyos. Davlatimiz rahbari tomonidan kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilayotgan e’tibor kitobga bo‘lgan mehr-ishtiyoqni oshirmoqda.

 

Shahrisabz tumanidagi Maktabobod mahallasida istiqomat qiluvchi Bozor Boltaevning ko‘pdan buyon o‘ylab yurgan niyati amalga oshdi. Yillar davomida yiqqan kitoblaridan aholi va yoshlar foydalanishi uchun o‘z xonadonida kutubxona tashkil qildi.

 

15.jpg

 

– Butun umr kitob o‘qidim. Kitobga mehr menga otamdan o‘tgan, – deydi faxriy o‘qituvchi Bozor Boltaev. – Hali-hali yodimda, endi maktabga chiqqan vaqtimda otam “Mening o‘nta do‘stim” kitobini sovg‘a qilgan edi. Asardagi bolaning 10 do‘sti uning barmoqlari edi. Kitobga mehrim o‘shanda uyg‘ongan. Yillar davomida o‘qigan kitoblarimni yig‘ib bordim. Bugun u mo‘jazgina kutubxonaga aylangan. Qaysi mamlakatda o‘qishga, kitobga e’tibor yuqori bo‘lsa, o‘sha yerda ijodiy ruh hukmronlik qiladi. Prezidentimiz tashabbusi bilan bizda shunday bo‘lmoqda. Ayting-chi, qaysi mamlakatda kitobxonlarga mashina sovg‘a qilinyapti? Albatta, O‘zbekistonda. Bu ezgu ishlar bardavom bo‘lsin. Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan bunday olijanob ishlar yaqin kelajakda o‘z mevasini beradi, albatta.

 

Bozor Boltaevning kutubxonasida 10 mingdan ortiq badiiy, tarixiy, ilmiy-ommabop kitoblar, jahon adabiyotining nodir durdonalari, yangi nashrlar, o‘quv qo‘llanmalari bor. Bundan tashqari, Amir Temur hayoti va faoliyati hamda Shahrisabz va Qashqadaryo tarixiga oid nodir asarlar, ma’lumotlarni ham bu yerdan topish mumkin. Ushbu uy kutubxonasidan hududdagi 7 ta umumta’lim maktabi o‘quvchilari, qishloq aholisi foydalanmoqda. Qisqa muddatda o‘quvchilari soni 300 nafardan oshdi.

 

Ezgu amalning qanoti uzun bo‘ladi. Bozor Boltaevning bu xayrli tashabbusi boshqalarni ham ruhlantirmoqda. Qisqa muddatda viloyatda uy kutubxonalari soni 40 dan oshdi.

 

17.jpg

 

Koson tumanida tadbirkor Orif Omonov tomonidan kitob savdo majmuasi qurilib, foydalanishga topshirildi. Uning ochilishi haqiqiy bayramga aylandi. Kitobsevarlar jam bo‘lgan marosimda kitobning inson hayotida tutgan o‘rni, ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ushbu ziyo maskanidan 5 mingga yaqin nusxada badiiy, ilmiy-ommabop kitoblar, darslik va yangi chop etilgan nodir asarlar o‘rin olgan.

 

– Kitob so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, yozuv, bitik degan ma’noni anglatadi, – deydi o‘qituvchi Sanjar Jumaev. – Kitob insonning eng yaqin do‘sti, maslahatgo‘yi, darddoshidir. Bugun Kosonda shunday “Ezgu ziyo” nomli kitob do‘koni tashkil qilindi. Bu kitob do‘konida jami kitoblar soni 10 ming atrofida bo‘lsa, kelajakda yanada ortib boradi, o‘quvchilari ko‘payadi. Do‘konga keluvchilar ko‘payadi. Demak, yoshlar ma’naviyati yanada yuksaladi.

 

Ta’kidlash joizki, Koson tumanidagi 99 ta maktab kutubxonasining kitob fondini yangi asarlar bilan boyitish maqsadida har bir bilim dargohiga tashkilot va muassasalar homiy qilib biriktirilgan.

 

Yana bir tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash borasida ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayollarning istagi asosida hunarmandchilik maktablari tashkil etildi. Ayni paytda ularda 200 dan ortiq ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizga kasb-hunar sirlari o‘rgatilmoqda. Yakkabog‘ tumanida ”Obod qishloq” dasturi doirasida ”Yashnobod” va ”Eski Yakkabog‘” mahalla fuqarolar yig‘inlarida tikuv-trikotaj korxonalari bunyod etilmoqda. Ayni paytda o‘quv markazi tashkil etilib, 600 ga yaqin ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizga kasb-hunar sirlari o‘rgatilmoqda. Markaz o‘quvchilari stipendiya bilan ta’minlangan.

 

– Mahallamizda bo‘sh o‘tirgan ayollarni ish bilan ta’minlash maqsadida tikuv-trik

edited 

ottaj fabrikasi ishga tushirilmoqda, – deydi Aziza Mo‘minova. – Fabrikada ishlash uchun ayollarni qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qityapmiz.

 

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus yangi-yangi loyihalarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etishda qo‘sh qanot vazifasini o‘tamoqda. Ezgu istakli odamlar soni ko‘paymoqda, yangi tashabbuslar bo‘y ko‘rsatmoqda.

 

O‘.Barotov, J.Norqobilov (surat), O‘zA

22.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar