Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Bosh prokuror o‘rinbosari Surxondaryoda sayyor qabul o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Akmalxo‘ja Mavlonov Surxondaryo viloyati Denov tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.

Xususan, joriy yilning 21 aprel kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi "Sport va pedagogika" kolleji binosida viloyatning Denov, Uzun, Sariosiyo, Oltinsoy va Sho‘rchi tumanlari aholisi ishtrokida sayyor qabul o‘tkazdi.

 

Uchrashuvda Surxondaryo viloyati prokuratura rahbariyati, tuman hokimliklari mutasaddilari, sektorlar hamda idora va tashkilotlar rahbarlari jalb etildi.

 

photo5325539888768068255.jpg

 

Sayyor qabul davomida 45 ta fuqarolarning murojaati eshitildi. 

 

Fuqarolarning murojaati yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, uy-joy bilan ta’minlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish, ishga joylashish singari murojaatlar tushdi.

 

Joyida hal qilish imkoni bo‘lgan og‘zaki murojaatlar yuzasidan ularning talablari qanoatlantirildi. Atroflicha o‘rganishni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan yechimini topish vakolatiga ega bo‘lgan davlat idoralariga muddat belgilanib, tegishli organlar tomonidan nazoratga olingan holda topshiriqlar berildi.

 

photo5325764614341896809.jpg

 

O‘zA

22.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar