Buxoro viloyati Shofirkon tumanida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali mutaxassislari tomonidan “Tibbiyotdagi islohotlar inson qadri uchun” shiori ostida tibbiy ko‘rik va ommaviy informatsion-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Prezident Administratsiyasi mas’ullari, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, qariyb o‘ttizta vazirlik, qo‘mita va tashkilotlar rahbarlarining “Ommaviy qabullar uch oyligi” loyihasidagi qabullari davom etmoqda.
Odamlarning muammolarni o‘rganish va ularni hal etish – Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimlari boshchiligidagi ishchi guruhning navbatdagi ommaviy qabuli Bo‘stonliq tumanidagi "Xo‘jakent" mahalla fuqarolari yig‘inida davom etdi.
Yurtimizda aholi murojaatlari bilan ishlaydigan mexanizmning shakllanishi xalq roziligiga erishish hamda jamiyat rivojini ta’minlashga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan muntazam ravishda murojaatlar yechimiga qaratilgan ishlar samarali tashkil etilmoqda.
Samarqand viloyati adliya boshqarmasi “Inson qadri uchun” tamoyili asosida notarial palataning viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda aholining muammolarini o‘rganish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan loyihani boshladi.
Yurtimizda aholi muammolarni hal etish va murojaatlarga ijobiy yechim topish borasida manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimlari boshchiligidagi ishchi guruhning Bekobod shahri, Bekobod, Bo‘ka va Piskent tumanlari uchun Bo‘ka tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida ommaviy qabul tashkil etildi.
Andijonda O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari G‘.Isroilov hamda Agentlikning viloyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Nasriddinov ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimlari boshchiligidagi ishchi guruhning Andijon shahri, Asaka va Buloqboshi tumanlaridagi ommaviy qabullari amaliy ishlarga boy bo‘ldi. Muloqotlar davomida 20 dan ziyod vazirlik va idora rahbarlari murojaatchilar bilan yuzma-yuz o‘tirib, har bir masalani hududiy mas’ullar bilan birga muhokama qildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пуларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |
Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |