
Hududlarda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ayniqsa, ko‘p qavatli uylar aholisi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish, turar-joylarni zamonaviy kommunal servis xizmatlari bilan ta’minlash muhim masalalardandir.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov sohada amalga oshirilayotgan ishlar va islohotlarning borishini ko‘zdan kechirish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.
Vazir dastlab, Buxoro shahrida joylashgan "City centre" boshqaruv servis kompaniyasida bo‘ldi. Mazkur boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan hududdagi ko‘p qavatli uylar aholisi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlarni birma-bir ko‘zdan kechirdi.
Aholiga texnik xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda kompaniya qoshida zamonaviy kommunal servis xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yilganligini har jihatdan qo‘llab-quvvatladi. Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan zaruriy tavsiyalar va ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so‘ng vazir hududdagi yana bir boshqaruv servis kompaniyasi —"Buxoro kommunal servis"da bo‘lib, kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami bilan tanishdi. Faoliyatni yanada yaxshilash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish yuzasidan tegishli tavsilar berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |