2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qoraqalpog‘istonda o‘rganish ishlari davom etmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022 yil iyul oyi boshida yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha Komissiya a’zolari o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.

Komissiya oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosini bajarishi uchun guruhlarga bo‘lingan holda o‘rganishlar olib bormoqda.  Har bir guruh faoliyatida shaffoflikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar hujjatlashtirilmoqda. Shu jumladan, ular audio, foto va video vositalari yordamida qayd etilmoqda. 

Ombudsman axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, Komissiya a’zolari dastlab Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali, Markaziy shifoxonada davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashib, yuz bergan voqealarda inson huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari bilan bog‘liq holatlarni o‘rgandi. 

Shuningdek, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugining harbiy gospitali va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining harbiy gospitalida davolanayotgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar idoralari xodimlari bilan muloqotlar qilindi. Suhbat davomida namoyishchilar va harbiy xizmatchilar xatti-harakatlari o‘rganildi. 

Bundan tashqari, komissiya a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi sud tibbiy ekspertiza markaziga tashrif buyurib, voqealar bilan bog‘liq barcha kerakli materiallar bilan tanishdilar. 

Komissiya a’zolarining o‘rganishlari davom etmoqda. 

19.07.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar