
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi, tumanlararo iqtisodiy sud hamda Oila va xotin-qizlar tuman bo‘limi va boshqa mutasaddi tashkilotlardan iborat ishchi guruh tomonidan shu hududdagi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga, xususan, oilasida nogironligi bo‘lgan ayollarga huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudining raisi Z.Xudoyberdiyev hamda Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudi raisi O.Asatov boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sud-huquq sohasiga oid muammolarini o‘rganish va ularni qonunda belgilangan tartibda hal etish mexanizmlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Mazkur qabulda tumandagi “Umar”, “Nonisangil”, “Ravot”, “Tinchlik” va “Ko‘rpasoy” mahalla fuqarolar yig‘inlarida istiqomat qiluvchi “Ayollar daftari”ga kiritilgan jami 56 nafar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan 24 nafar xotin-qizlarning muammolari o‘rganilib, ularga huquqiy va moddiy yordam ko‘rsatildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |