
Oltiariq tumani hokimi Shamsiddin Turdaliyevning navbatdagi sayyor qabuli 2-son kasb-hunar maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tashkilotlar rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari ishtirok etdi.
Hokimlik Axborot xizmati rahbari Shohsulton To‘xtamatovning qayd etishicha, qabul davomida 120 nafardan ortiq fuqaroning turli masalalarga doir murojaatlari tinglandi va ularning barchasi tegishli tartibda ro‘yxatga olindi.
– Aksariyat murojaatlarga huquqiy tushuncha va maslahat berilgan bo‘lsa, muddat talab etiladigan murojaatlar ijro uchun mutasaddilarga biriktirildi, – deydi Sh.To‘xtamatov. – Xususan, uy-joy hamda bolalar nafaqasini olish masalasi bilan kelgan bir guruh fuqarolarga huquqiy tushuncha berildi.
Shuningdek, sayyor qabulda Qiziltepa MFY Guliston ko‘chasi 10-uyda yashovchi 70 yoshli Shohriniso aya Qazaqovaning farzandi onasi uchun nogironlik aravachasi so‘rab murojaat qildi. Murojaat shu yerda ijobiy hal etilib, nogironlik aravachasi topshirildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |