2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi oldidan

Islohotlar chekka hududlarda ham bo‘y ko‘rsatmoqda

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, avvalo, inson manfaatlariga, xalqimizning bugungi kunidan rozi bo‘lib, har jihatdan qulay sharoitda turmush kechirishiga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda belgilangan vazifalarning nafaqat markazlarda, balki chekka hududlarda ham o‘z vaqtida amalga oshirilishi odamlar kayfiyatini, islohotlarga ishonchini belgilaydi.

bugungi kunda aholi o‘rtasida ijtimoiy soha ob’ektlariga bo‘lgan talab yuqori. Yillar davomida chekka hududlarda ta’lim-tarbiya, tibbiy xizmatga yetarli darajada e’tibor qaratilmasligi ushbu sohalarda ishning izdan chiqishiga olib keldi.

Keyingi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar jarayonida birlamchi tibbiy xizmatni rivojlantirish, ta’lim-tarbiyani tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Natijada chekka hududlarda ham zamon talablariga mos tibbiy muassasalar, maktabgacha ta’lim muassasalari barpo etilmoqda.

Nurobod tumanida ham ayni yo‘nalishdagi o‘sish-o‘zgarishlar ko‘zga tashlanib, joylarda qator yangi ijtimoiy soha ob’ektlari, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ishlab chiqarish korxonalari qad rostlamoqda. Tumanning tabiiy iqlim sharoiti biroz og‘irroq bo‘lsa-da, yaratilayotgan imkoniyatlar tufayli aholi ertangi kunga yuksak ishonch bilan hudud obodligi, taraqqiyoti uchun o‘z hissasini qo‘shish harakatida. Buni olib borilayotgan o‘zgarishlarga, bunyodkorlik ishlariga mahalliy tadbirkorlarning bosh bo‘layotganida ko‘rib guvohi bo‘lish mumkin.

Tumanning Sazag‘on hududidan tuman markazigacha bo‘lgan masofa 60 kilometrdan ortiq. Bunday masofada aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasidagi muammolar bo‘lishi tabiiy. Shuning uchun Nurobod tuman tibbiyot birlashmasining Sazag‘on hududiy bo‘limi tashkil qilinib, ushbu hududning o‘zida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘satish yo‘lga qo‘yilgan. Hududiy bo‘lim 1959 yilda tashkil qilingan bo‘lib, bu yerdagi mavjud sharoit bugungi kun talabiga mutlaqo to‘g‘ri kelmay qolgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi rahbari tashabbusi bilan viloyat va tuman hokimliklari tomonidan hududiy bo‘lim uchun yengil konstruksiyali yangi bino barpo etilib, fodylanishga topshirildi.

– Hududiy bo‘limimiz Tepaqul, Saroy va Sazag‘on mahallalaridagi 11 ming nafardan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatishi belgilangan, - deydi Nurobod tibbiyot birlashmasi Sazag‘on hududiy bo‘limi mudiri Abdujabbor Umarov. – Hududga yaqin bo‘lgan mahallalar ham tuman markazigacha masofa olisligini hisobga olib bizga murojaat qilishadi. Lekin shu paytgacha ularning talabiga mos tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatimiz cheklangan edi. Endilikda yangi binoda ambulator sharoitda bemorlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatini yaratildi. Bunda jami 15 o‘rin, ya’ni tug‘ruq bo‘limida 5 ta, bolalar bo‘limida 5 ta va kattalar terapiya bo‘limida 5 ta o‘rin yaratilgan. Eski binomizdan kunduzgi statsionar sifatida foydalanyapmiz.

Tibbiy xizmat sifatini oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar natijasida Jom mahallasi chekka hududidagi to‘rt ming nafardan ortiq aholi ham zamonaviy sharoitlarda birlamchi tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.

Ushbu mahalla respublikamizning aholi soni eng ko‘p bo‘lgan hududlaridan biri hisoblanadi. Jomda hozirda 20 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Mahallaning chekka hududida yashovchi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida “Orom” oilaviy shifokorlik punktining “Dukur” filiali tashkil qilingan. Ushbu filial 1992 yilda qurilgan bo‘lib, hududdagi 4050 nafar aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatishi belgilangan. So‘nggi yillarga kelib filial xarobaga aylanib, aholi uzoq masofa bosib “Orom” oilaviy shifokorlik punktiga qatnashga majbur bo‘layotgan edi. Mahalliy homiylar hamda tuman hokimligi hamkorligida 200 million so‘m mablag‘ sarflanib, filialda qurilish, ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, ko‘rkam qiyofaga keltirildi.

– Yoshim 65 da, 10-15 kilometr masofaga borib kelish qiynab qo‘yardi, - deydi hududda istiqomat qiluvchi Ulbo‘sin Rahmonova. – “Orom” oilaviy shifokorlik punktining “Dukur” filialini qayta ta’mirlab, yetarli sharoit yaratib berganlarning hammasiga – Prezidentimizga, viloyat, tuman rahbariyatiga, hamqishloq homiylarga, barchasiga mingdan-ming rahmat. Chekka hududdagi aholi salomatligini o‘ylab qilingan ishlar xayrli bo‘lsin.

Tuman hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytgacha tumanning olis hududlardagi aholi yashash joylarining joylashuv o‘rni tarqoq ekanligini inobatga olgan holda “mahalla tibbiy punktlari”ni tashkil qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu kungacha tumanda yengil konstruksiyadan yasalgan 25 ta “mahalla tibbiy puntki” tashkil qilinib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, tumanning Omandara mahallasida ham aholiga qulaylik yaratish, sifatli birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida “mahalla tibbiy punkti” ochildi. 131 million so‘m byudjet mablag‘i hisobidan bunyod etilgan mahalla tibbiy punktida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoit yaratilgan. Eng muhimi, ushbu tibbiy muassasalarga oliy o‘quv yurtlarini bitirib kelgan yosh mutaxassislar jalb etilmoqda.

- Joriy yil Samarqand davlat tibbiyot universitetini bitirdim, - deydi “Omondara” mahallasi tibbiy punkti umumiy amaliyot shifokori Ruslan Quvondiqov. – Turmush o‘rtog‘im ham o‘zim bilan birga universitetni bitirdi. Men Pastdarg‘om tumanidan, turmush o‘rtog‘im Jizzax shahridan. Prezidentimiz tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish borasida olib borilayotgan islohotlarga o‘z hissamizni qo‘shish maqsadida ikkimiz ham chekka hududda faoliyat yuritishni maqsad qildik. Biz uchun yashash va mehnat sharoitlari yetarli darajada ta’minlab berildi. Boshlagan ishimizdan mamnunmiz.

Omondara mahallasidagi o‘zgarishlardan aholi mamnun. Mahalla tibbiy punkti bilan birga mahalla fuqarolar yig‘ini ham yangi binoda faoliyat boshladi. Viloyat mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan 168 million so‘mlik qurilish ishlaridan so‘ng, faollar zali, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar, yoshlar yetakchilari hamda mahalla profilaktika inspektori uchun qulay ish sharoiti yaratildi.

– Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlaridan so‘ng mahallamiz tanib bo‘lmas darajada o‘zgarmoqda, - deydi mahalla faoli Eshturdi Rahimov. – Xususan, 12 kilometr yangi asfalt qoplamasi yotqizildi. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun artezian qudug‘i qazildi. Mavjud qishloq vrachlik punkti mukammal ta’mirlandi. Bugun mahalla tibbiy punkti, mahalla binosi foydalanishga topshirildi. Kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Qishloq aholisining farovonligini ta’minlash uchun bitta hududda qisqa muddatda shuncha ish bajarilishining o‘zi katta gap. Davlatimiz rahbarining, mahalliy mutasaddilarning sa’y-harakatlari natijasida shunday farovonlikka erishdik. Endi biz ham xalqimiz bilan birgalikda yurtimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shish yo‘lida bor imkoniyatimizni ishga solamiz, albatta.

Tuman hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda tumanda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning bog‘chaga qamrov darajasi 68 foizdan 71 foizga yetkazilgan. bugungi kunda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarining soni 170 dan ortiqni tashkil qiladi. Do‘stlik mahallasida tashkil qilingan 20-davlat maktabgacha ta’lim muassasasining foydalanishga topshirilishi natijasida yana 60 nafar bog‘cha yoshidagi bola maktabgacha ta’limga qamrab olindi. Mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 1 milliard 331 million so‘m mablag‘ hisobiga bunyod etilgan muassasada mahallaning 18 nafar fuqarosi ham ishli bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, mustaqilligimizning 31 yillik tantanalari arafasida tumanda yana 5 ta maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshiriladi.

20.07.2022

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar