Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat universitetining bitiruvchi talabalari bilan uchrashib, muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuvda viloyat hokimi keyingi yillarda mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini isloh qilish, o‘qitishni xalqaro talablar darajasiga olib chiqish, malakali mutaxassislar tayyorlash, talaba yoshlarning o‘qib, puxta bilim olishi, o‘z iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotganligini ta’kidladi. Shuningdek, bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganligini qayd etib o‘tdi.
Haqiqatdan ham yurtimizda yoshlarning oliy ta’lim olishi, malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, olti yil avval Andijon viloyatida 4 ta oliy o‘quv yurti bo‘lib, ularda 25 ming nafar talaba tahsil olgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, viloyatda 7 ta davlat, 5 ta nodavlat, jami 11 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 62 ming nafardan ziyod talaba o‘qimoqda. Talabalarning o‘qib, puxta bilim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Ayni kunda Andijon davlat universitetidagi mavjud 8 ta fakultetda 66 ta ixtisoslik bo‘yicha 8 ming nafardan ziyod talaba tahsil oladi. Kunduzgi ta’lim yo‘nalishida o‘qiyotgan 6 ming 200 nafardan ortiq talabaning 1 ming 455 nafari bitiruvchilardir.
– Andijonlik yoshlar ko‘plab sohalarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda, – dedi viloyat hokimi Sh. Abdurahmonov. – Bularning barchasi Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz taqdirini, xalqimizning ertangi kunini belgilab beradigan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tibor samarasidir.
Muloqotda bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlash, bu boradagi mavjud imkoniyatlar, ularni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirish xususida atroflicha so‘z yuritildi. Bitiruvchi talabalarning istiqbolli loyihalari bilan tanishildi.
Muloqot davomida bitiruvchi talabalarning tashabbus, muammo, taklif, fikr va mulohazalari eshitildi.
– Oilaviy sharoitimdan kelib chiqib, viloyat hokimi bilan bo‘lib o‘tgan avvalgi muloqotda ishga joylashish bo‘yicha yordam berishini so‘ragan edim, – deydi filologiya fakulteti bitiruvchisi Dilafzoda Poziljonova. – Hokimimiz, universitetimiz rahbariyati ko‘magi bilan universitet media markaziga ishga joylashdim. Natijada o‘qish bilan birga ishlash, daromad topish imkoniga ega bo‘ldim.
Ochiq, samimiy tarzda o‘tgan muloqot davomida viloyat hokimi bitiruvchi talabalarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob qaytardi. Shuningdek, bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. Talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyor ekanligini bildirdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |