Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hokim bitiruvchi talabalar bilan muloqot o‘tkazdi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat universitetining bitiruvchi talabalari bilan uchrashib, muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda viloyat hokimi keyingi yillarda mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini isloh qilish, o‘qitishni xalqaro talablar darajasiga olib chiqish, malakali mutaxassislar tayyorlash, talaba yoshlarning o‘qib, puxta bilim olishi, o‘z iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilayotganligini ta’kidladi. Shuningdek, bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganligini qayd etib o‘tdi.

Haqiqatdan ham yurtimizda yoshlarning oliy ta’lim olishi, malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, olti yil avval Andijon viloyatida 4 ta oliy o‘quv yurti bo‘lib, ularda 25 ming nafar talaba tahsil olgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib, viloyatda 7 ta davlat, 5 ta nodavlat, jami 11 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 62 ming nafardan ziyod talaba o‘qimoqda. Talabalarning o‘qib, puxta bilim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Ayni kunda Andijon davlat universitetidagi mavjud 8 ta fakultetda 66 ta ixtisoslik bo‘yicha 8 ming nafardan ziyod talaba tahsil oladi. Kunduzgi ta’lim yo‘nalishida o‘qiyotgan 6 ming 200 nafardan ortiq talabaning 1 ming 455 nafari bitiruvchilardir. 

– Andijonlik yoshlar ko‘plab sohalarda ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda, – dedi viloyat hokimi Sh. Abdurahmonov. –  Bularning barchasi Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz taqdirini, xalqimizning ertangi kunini belgilab beradigan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tibor samarasidir.

Muloqotda bitiruvchi talabalar bandligini ta’minlash, bu boradagi mavjud imkoniyatlar, ularni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirish xususida atroflicha so‘z yuritildi. Bitiruvchi talabalarning istiqbolli loyihalari bilan tanishildi.

Muloqot davomida bitiruvchi talabalarning tashabbus, muammo, taklif, fikr va mulohazalari eshitildi. 

– Oilaviy sharoitimdan kelib chiqib, viloyat hokimi bilan bo‘lib o‘tgan avvalgi muloqotda ishga joylashish bo‘yicha yordam berishini so‘ragan edim, – deydi filologiya fakulteti bitiruvchisi Dilafzoda Poziljonova. – Hokimimiz, universitetimiz rahbariyati ko‘magi bilan universitet media markaziga ishga joylashdim. Natijada o‘qish bilan birga ishlash, daromad topish imkoniga ega bo‘ldim.  

Ochiq, samimiy tarzda o‘tgan muloqot davomida viloyat hokimi bitiruvchi talabalarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob qaytardi. Shuningdek, bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. Talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga hamisha tayyor ekanligini bildirdi. 

19.02.2025

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлашИшонч телефони1 Avgust 202414 Avgust 2024Andijon viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar