2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Maqsad: iste’molchilarni barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati hududdagi 480 ming 600 dan ziyod iste’molchiga xizmat ko‘rsatadi.

Korxona tasarrufidagi 95 dona yuqori quvvatdagi podstansiya, 18 ming 500 kilometr uzunlikdagi  0.4, 6, 10, 35, 110 kV kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlar va 6 ming 124 dona transformator punkti orqali aholi hamda yuridik iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.  

Viloyatdagi barcha iste’molchilarni barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida joriy yilda keng ko‘lamdagi ishlar olib borilmoqda. Hududlar kesimida belgilab olingan reja grafigi asosida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotir. Jamiyat hisobida bo‘lgan barcha yuqori kuchlanishdagi podstansiyalar ko‘rikdan o‘tkazilib, podstansiyada obodonlashtirish, elektr qurilmalari va yopiq taqsimlash uskunalarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko‘rikdan o‘tkazish va mahkamlash, podstansiyalardagi kuch transformatorining moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari bajarildi. Podstansiyalardagi 31 dona o‘chirgich mukammal ta’mirlandi. Bundan tashqari, 820 dona transformator punktida, 2896.1 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘ida mukammal ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi.

01.11.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar