“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati hududdagi 480 ming 600 dan ziyod iste’molchiga xizmat ko‘rsatadi.
Korxona tasarrufidagi 95 dona yuqori quvvatdagi podstansiya, 18 ming 500 kilometr uzunlikdagi 0.4, 6, 10, 35, 110 kV kuchlanishdagi elektr uzatish tarmoqlar va 6 ming 124 dona transformator punkti orqali aholi hamda yuridik iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilmoqda.
Viloyatdagi barcha iste’molchilarni barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida joriy yilda keng ko‘lamdagi ishlar olib borilmoqda. Hududlar kesimida belgilab olingan reja grafigi asosida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotir. Jamiyat hisobida bo‘lgan barcha yuqori kuchlanishdagi podstansiyalar ko‘rikdan o‘tkazilib, podstansiyada obodonlashtirish, elektr qurilmalari va yopiq taqsimlash uskunalarini ta’mirlash, estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko‘rikdan o‘tkazish va mahkamlash, podstansiyalardagi kuch transformatorining moy sathini me’yor holatga keltirish ishlari bajarildi. Podstansiyalardagi 31 dona o‘chirgich mukammal ta’mirlandi. Bundan tashqari, 820 dona transformator punktida, 2896.1 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘ida mukammal ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Ишонч телефони | 11 Mart 2024 | 22 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |